Boladagi o‘zgarishlar:
Homilaning uzunligi 24 sm, og‘irligi 280-300 gr. Sut tishlaridan chuqurroqda joylashgan doimiy tishlarning murtagi shakllanib bo‘ldi, Yangi nefronlar (buyrak tashkil topgan qism) bachadondagi rivojlanish davrining oxirigacha davom etadi. Homila ajratgan peshob atrofidagi suvga ajralgach, u uchun zaharli, chiqib ketishi lozim bo‘lgan moddalar yo‘ldosh orqali ona qoniga o‘tadi. Shunday qilib, yo‘ldosh homila uchun nafaqat nafas olish, balki keraksiz moddalarni ajratib chiqarish vazifasini ham bajaradi.
Onadagi o‘zgarishlar:
Homiladorlikning beshinchi oyida ayol quyidagi jismoniy va ruhiy o‘zgarishlarni boshidan kechirishi mumkin:
homila harakatlarining ko‘payishi
oq ajralmalarning ko‘payishi;
qorin ostida og‘riqlarning paydo bo‘lishi;
ich qotishi; jig‘ildon qaynashi, ichaklarning yaxshi ishlamasligi, qorin dam bo‘lishi;
bosh og‘rishi, hushdan ketish, bosh aylanishi;
burun oqishi, burundan qon ketishi, burun bitishi; quloqshilliq pardasining yalliglanishi;
milklarning qonashi;
ishtahaning kuchayishi;
oyoqlarda tomir tortishishi mumkin;
oyoq kaft va suyaklarining shishi, ba’zan esa yuz va qo‘llarhamshishishimumkin;
boldir qon tomirlarining kengayishi;
yurakurishining tezlashishi;
belda og‘riqlar paydo bo‘lishi;
qorin terisi va yuzda dog‘lar hosil bo‘lishi; homiladorlikni to‘laligicha his etish;
jizzakilik va parishonxotirlik bo‘lishi mumkin.
Homiladorlikning bu davrida organizmingizga solib, uni charchatib qo‘ymang. Bu o‘zingiz va bo‘lg‘usi farzandingiz uchun xavfli. Ishlaringiz orasida dam olishga ham vaqt ajrating. Hozirdanoq kuchingizni to‘g‘ri taqsimlashga o‘rganing, Kelajaqda ona bo‘lganingizda bola parvarishi va uy ishlarini rejali olib borishingizda kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.