Boladagi o‘zgarishlar:
Tartibli ravishda ishlayotgan organizm faoliyatiga endi buyraklar ham qo‘shilishdi. Ikki oy oldin birlamchi buyrak jinsiy tizimning shakllanishida ishtirok etayotgandi. Ajratib chiqarish vazifasini yo‘ldosh bajarayotgan edi. U hozir ham bu vazifasida davom etmoqda, lekin shu bilan birga buyraklar ham asta-sekin mustaqil ravishda homilani o‘rab turgan suvga peshob ajrata boshladi. Ularning miqdori tobora ko‘payib boradi. Bolangiz xuddi fazogir kabi vaznsizlik holatida bo‘lib, atrofidagi suvda maza qilib suzib yuribdi va o‘zini yaxshis qilyapti! Ichki sekretsiya bezlari takomillashibormoqda, ayniqsa, buyrak usti bezlari. Endilikda ular hozircha bolaga yetarli bo‘lgan gormonni ishlab chiqara oladi.
Onadagi o‘zgarishlar:
Agar bu homilangizdan oldin farzandlaringiz bo‘lsa, shu haftada bolangiz qimirlaganini sezib qolishingiz ehtimoli bor. Agar bu birinchi bolangiz bo‘lsa, yana ikki haftacha kutishingizga to‘g‘ri keladi. Vazningiz taxminan 2,5 kg.ga og‘irlashdi. Ko‘kragingiz kattalashmagan. Belingiz go‘yo yo‘qolib, bilinmay qolmoqda. Qorningiz sekin kattalashib, dumaloq shaklga ega bo‘la boshladi. Xol va sepkillar qorayib, teringizda dog‘lar ko‘rinishi mumkin. Xavotirlanmang, tug‘uruqdan so‘ng tezda ular yo‘qolib ketadi.
Qoniqarli darajada kechayotgan homiladorlikda ona organizmi homila yetarli miqdorda glyukoza bilan ta’minlanishini tekshirib boradi. Antiinsulin tizimini ishga tushirib, homilani oziqlantiradigan miqdorda qonda qand moddasi bo‘ladi. Lekin bu vazifani uhar doim ham a’lo darajada bajara olmaydi. Ba’zida qondagi qand miqdori oshib ketishi natijasida ona va bolaning buyraklari bu vazifani Ikki oy oldin birlamchi buyrak jinsiy tizimning shakllanishida ishtirok etayotgandi. Ajratib chiqarish vazifasini yo‘ldosh bajarayotgan edi. U hozir ham bu vazifasida davom etmoqda, lekin shu bilan birga buyraklar ham asta-sekin mustaqil ravishda homilani o‘rab turgan suvga peshob ajrata boshladi. Ularning miqdori tobora ko‘payib boradi. Bolangiz xuddi fazogir kabi vaznsizlik holatida bo‘lib, atrofidagi suvda maza qilib suzib yuribdi va o‘zini yaxshi his qilyapti! Ichki sekretsiya bezlari takomillashibormoqda, ayniqsa, buyrak usti bezlari. Endilikda ular hozircha bolaga yetarli bo‘lgan gormonni ishlab chiqara oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.