Boladagi o’zgarishlar
Kichkintoyingizning og’irligi 13-14 gramm, umumiy uzunligi esa 9 sm.ga yetdi! Qo’l panjalarini oyoq panjalaridan farqlasa bo’ladi, tirnoqlar ko’rinib qoldi. Muskullar rivojlanayotgani uchun homila ko’proq harakat qilmoqda. U barmoqlarini yig’ib, musht qilishi mumkin. Og’iz muskullari ishga tushmoqda: lablarini qimirlatadi, og’zi ochilib yopiladi. U atrofini o’rab turgan suyuqlikni so’rishi, yutishi mumkin. Terida soch, va tirnoq asoslari paydo bo’ladi. Qalqonsimon bez shakllanib bo’lib, ishga tushdi. Bu bez gormonlari modda almashinuvini nazorat qiladi va homila o’sishi, markaziy asab tizimining me’yorida ishlashiga yordam beradi. Qalqonsimon bez yetishmovchiligida modda almashinuvi yaxshi bo’lmagani uchun o’sishdan orqada qoladi. Homilaning boshi tanasiga nisbatan katta bo’lib, oyoq-qo’llari juda kichkina bo’lsa ham, u odam shakliga kirib qolgan. Ichki a’zolar shakllanib, ba’zilari ishga tushgani uchun endi homila infeksiya va dorilarga kamroq ta’sirchan bo’ladi. Qon aylanish va siydik chiqarish tizimi ishga tushgan. Homila endi siydik ajratishi mumkin (bu qo’rqinchli emas – u kattalarnikiga o’xshamaydi). Jigar safro ishlab chiqara boshlaydi. Jinsiy a’zolar rivojlanib bo’lgan bo’lsa ham, jinsni aniqlash mushkul.
Onadagi o’zgarishlar
Agar erta toksikozdan aziyat chekayotgan bo’lsangiz, bu haftani sabrsizlik bilan kutgan bo’lsangiz kerak. Nihoyat, tonggi ko’ngil aynishlar orqada qoldi. Gormonal o’zgarish sabab yuzaga kelgan ta’sirchanlik va jahldorlik saqlanib qolsa ham, kamayganligini sezasiz. Afsuski, ba’zi homilador ayollarda ko’ngil aynishi davom etishi mumkin. Ayniqsa, agar egizaklarni kutayotgan bo’lsangiz. Ko’ngil aynishi qolmasa, bu haqda vrachingiz bilan maslahatlashing. Homiladorlikning 9-12 haftalik muddatida o’zingizga e’tiborliroq bo’ling.
Yodingizda bo’lsin: normal homiladorlik ogriq bilan o’tmaydi. Quyidagi holatlarda ehtiyot bo’ling:
Ushbu belgilardan birortasini sezsangiz, yurmasdan darhol yoting. Muskullarni «tinchlantiruvchi» va taranglikni ketkazuvchi 2 ta tabletka – noshpa yoki magne B6 dorilarini ichishingiz mumkin. 2-3 soat ichida og’riq o’tib ketmasa, shifokorga murojaat eting. Bunday davomli og’riq homila uchun xavfli bo’lib, uning nobud bo’lishigacha olib kelishi mumkin.
Qonli ajralmalar paydo bo’lganda darhol shifokor huzuriga boring. Bu bosqichda homilani saqlab qolish ehtimoli yuqori. Har haftada vazningiz 0,5 kg.ga ortishi kerak. Buning uchun yuqori kaloriyali ovqatlarni yeng yoki tez-tez ovqatlaning. Chips, gamburger, buterbrodlar bilan qorningizni to’ydirishga harakat qilmang. Ular farzandingiz uchun hech qanday foyda bermaydi. Ayrim ayollar homiladorlar ko’p yeyishi kerak, deb birinchi uch oylikda keragidan ortiqcha vazn to’plab olishadi. Ortiqcha vazn homiladorlik va tug’uruqning yaxshi kechishiga to’sqinlik qiladi. Shuningdek, bola tug’ilganidan so’ng avvalgi holatingizga qaytishingiz qiyin kechadi. Uch oyliklarda o’ziga xos taomlanish Kundalik ovqatlanish ratsionini tuzganda odat va an’analarni, ayolning shaxs xususiyati, u yashaydigan iqlim sharoitini hisobga olish lozim. Homiladorlik muddati ham ahamiyatga ega.
Homiladorlikning birinchi yarmida organizm yangi holatga moslashadi. Endilikda ona nafaqat o’zining xohish-istaklariga, balki bolasining talablariga ham javob berishi kerak. Bu davrda ko’proq meva, sharbat iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Homiladorlikning avvalida tez-tez, ozginadan yeyish to’g’ri bo’ladi.Shifokoringiz bilan multivitaminlar qabul qilishni maslahatlashing. Birinchi uch oylikdagi eng zarur vitaminlardan biri – foliy kislotasidir. Homiladorlikning ikkinchi yarmida kaloriyaga boy ozuqalarni ko’paytirgan ma’qul. Tug’ishga ayol jismonan baquvvat holatda borishi kerak. Shu vaqtdan boshlab ko’proq harakat qilish, toza havoda ko’p bo’lish juda foydali. Bularning barchasi esa yaxshigina kuch va jismoniy harakat talab etadi. Konservalangan, dudlangan, tuzlangan, o’tkir ziravorlar, yogli ovqatlar, sosiska va kolbasalardan ehtiyot bo’ling. Uchinchi uch oylik o’rtalaridan boshlab ovqatlaringizdagi kaloriyani kamaytiring, xamirli taomlarni, yogli go’shtni, qaymoqlarni kamroq iste’mol qiling. Tug’ishingizdan oldin ozgina vazn tashlasangiz, muskullar egiluvchanligi va qayishqoqligini oshiradi. Tug’uruq jarayonida yog’ to’qimalari emas, muskullar asosiy ishni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.