Boladagi o’zgarishlar
Homila endilikda o’z-o’zidan bo’ladigan harakatlarga qo’shimcha ravishda tashqi olam ta’siriga javob harakatini beradi. Kaftlari sezuvchan bo’lib, ushlash reaksiyasi rivojlanadi. Hidlarni ajrata boshlaydi. Homila bu davrda onasi qabul qilayotgan taomlarning hidini sezadi. Yurak-qon tomir tizimining shakllanishi nihoyasiga yetmoqda. Buyrak homiladorlikning 11-12-haftasidan ishga tushadi. Ko’zning mukammallashuvi nihoyasiga yetib bormoqda, lekin u hali kichkinagina qovoqchalar bilan yopilib turibdi. Burun, quloq, lablar tabiatan insonga berilgan «qolipga» ega bo’ldi. Eng asosiysi og’iz va ovqat hazm qilish tizimi shakllanib bo’ldi. Endi bolangiz yutinishi mumkin. Bosh miyaning ikkala yarim shari rivojlanishi nihoyasiga yetib, miyacha shakllanyapti.
Onadagi o’zgarishlar
Sog’lom hayot tarziga alohida e’tibor bering. Ayniqsa, alkogol, nikotin, kimyoviy moddalar homila uchun juda xavflidir. 9-11 haftalik muddatda bu moddalar miya rivoji porokiga olib kelishi mumkin. Sizni quyidagilar bezovta qilishi mumkin:
Holatingizni yaxshilash uchun hozirdanoq homiladorlar uchun mo’ljallangan mashqlarni bajarishga kirishing. U qomatingizni chiroyli holatda saqlashga, tug’uruqqa yaxshiroq tayyorgarlik ko’rishingizga, ko’zingiz yoriganidan keyin qayta tiklanishingizni osonlashtirishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.