Boladagi o’zgarishlar
Yurak shakllanib ura boshlaydi. Bosh miya va orqa miyaga asos solinadi. Ko’z kosasi, qo’l va oyoq asosi paydo bo’la boshlaydi. Homila quloq suprasini eslatuvchi shaklga ega bo’ladi. Ichki a’zolardan ichak, jigar, buyrak, siydik chiqarish yo’li asosga ega bo’lib, shakllana boshlaydi. Jinsiy bezlar farqlanib, ayol va erkaknikiga ajraladi. Moyak rivojlanadi. Yurak va miya takomillashadi. Homilaning nafas olishi, oziqlanishi, himoyasi va gormonlarni ishlab chiqaruvchi yo’ldosh jadal rivojlanadi. Homilaning uzunligi bor yo’g’i 4-6 mm bo’ladi.
Onadagi o’zgarishlar
Agar sizni toksikoz qiynayotgan bo’lsa, xalqona vositalarga murojaat qiling. Kamroq, lekin tez-tez yeng (kuniga 6-7 marotaba). Yong’oq, pista, donli bo’tqa kabi oqsilli mahsulotlar ko’ngil aynishini kamaytiradi. Homiladorlikning avvalgi haftalariga tegishli bo’lgan tavsiyalarni yodda tuting. Xomiladorligingizni bilgan yaqinlaringiz tarafidan ko’plab maslahat va ogohlantirishlar eshitishingiz mumkin. Ularni xayrixohlik bilan qabul qiling. Lekin ayrimlari shunchaki xurofotligini ham yodingizdan chiqarmang. Homilador ayol odatda tasodiflardan emas, balki ehtiyotsizligi oqibatida ko’ngilsizliklarga yo’liqadi. Siz bu xatarlardan ozgina e’tibor va mulohaza qilish bilan qochishingiz mumkin.
Qorin kattalashgani sari muvozanatni tutib yurish qiyinlashadi. Buning ustiga yana oyogingiz ostini yaxshi ko’rolmaysiz. Bularning barisi sizning zararlanishingizga olib keladi.
Ma’lumki, homiladorlik davrida odatiy bo’lgan ta’mlar o’zgaradi. Ba’zilar faqatgina ma’lum bir ozuqani iste’mol qiladilar, boshqalar esa hamma narsani yeyaveradilar, yana ortig’i bilan, qolganlarning umuman ovqatga ko’ngli tortmaydi.
Ovqatga bo’lgan bunday g’alati injiqlikka «qashshoqlikka» uchragan gormon aybdor. U, ayniqsa, homiladorlikning birinchi uch oyligida avjiga chiqadi. Lekin ovqatga bo’lgan bunday munosabat va boshqa o’zgarishlarning yagona sababchisi faqatgina gormonlar emas.
Agar o’zingiz va bolangiz uchun foydali bo’lgan biror narsani yegingiz kelsa, albatta, uni yeng. Agar yeyishingiz mumkin bo’lmagan narsalardan yegingiz kelsa, uning o’rnini bosuvchi, sizning istagingizni qondirib, bolaga zarar keltirmaydiganlarini izlab ko’ring.
Bunday o’rinbosarlar sizni qoniqtirmasa, unda chalg’ituvchi narsalar bilan shug’ullaning. Agar kutilmaganda kofe, alkogol, shokoladli muzqaymoq, krem va shunga o’xshaganlardan jirkansangiz – bu juda yaxshi.
Baliq, sut kabi iste’moli zarur bo’lgan ozuqalardan voz kechsangiz, ularning o’rnini to’ldiruvchi mahsulotlarga almashtiring.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.