Jarayon davom etmoqda. Minglab tuxum hujayralar orasidan «peshqadamlari» ajralib chiqadi.
Ko‘pincha bu bitta – yagona tuxum hujayra bo‘lib, u pufakcha ichida alohida suyuqlikka to‘la bo‘ladi. Ba’zida ikkita yoki, hattoki, uchta tuxum hujayra ham yetilishi mumkin. U holda siz egizaklarni dunyoga keltirasiz.
Hafta oxiriga borib, pufakcha kattalashadi. Bu hammasi ovulyatsiyaga tayyorgarlik jarayoni (pufakcha yorilib, tuxum hujayra tashqariga chiqadi). Shundan so‘ng odatda tuxum hujayra bachadon naychasiga o‘tib, spermatozoid bilan uchrashishi mumkin. Avvalgi ko‘pikcha o‘rnida esa maxsus sariq tanacha paydo bo‘ladi. Bu atamani eslab qoling. Sariq tanacha homilador ayolni gormonal qo‘llab-quvvatlash uchun zarur.
Shuning uchun uning ahamiyati beqiyos. Aynan u homiladorlik vaqtidagi ko‘p ayollarda uchraydigan erta toksikozlarga sabab bo‘ladi. Hayz ko‘rgan birinchi kuningizdan boshlab hisoblaganda ikkinchi haftaning oxiri – uchinchi haftaning boshi homilador bo‘lishingiz uchun eng qulay fursatdir.
Hafta davomida turmush o‘rtog‘ingiz «ota bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rishi» lozim. U o‘z tanasini tashqi zararli ta’sirlar – alkogol, tamaki, zararli nurlanish, zaharli gaz va shu kabilardan himoya qilishi kerak. Chunki aynan shu vaqtda uning organizmida o‘zaro musobaqada g‘olib chiqib, tuxum hujayra bilan uchrashadigan spermatozoid paydo bo‘ladi va yetiladi. Aytganday, «poygachilar» sonini oshirish maqsadida ikki-uch kun jinsiy aloqa qilmaslik yaxshi natija beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.