Akusherlar homiladorlik muddati va tug’ish vaqtini oxirgi hayzning birinchi kunidan hisoblashadi. Sababi tuxumdonda tuxum hujayra yetilib, urug’lanishga tayyorlanadi. Shuning uchun homiladorlik hali boshlanmasidan oldin unga ko’rilgan tayyorgarlik vaqti homiladorlik muddatiga qo’shib hisoblanadi. Sizning organizmingiz uchun bu odatiy holat. Bunday jarayon birinchi hayz ko’rish vaqtidan boshlab to shu kungacha har oy davom etib kelmoqda. Hozirdanoq markaziy asab tizimingiz faol ravishda gormonal fonni o’zgartirib moslashtiryapti. U 300 000 ta tuxum hujayralaringizdan birini sekin-asta urug’lanishga tayyorlaydi. Bunga taxminan o’rtacha ikki hafta ketadi. Shuning uchun bu hafta homiladorlikning ilk haftasi hisoblanadi. Axir, bo’lg’usi farzandingizning siymosi aynan shu vaqtda shakllanadi. Agar hayot tarzingizni o’zgartirmagan bo’lsangiz, hozir buning ayni vaqti.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.