Boladagi o’zgarishlar
Homilaning uzunligi 1,5-2,5 mm bo’lib, shakli silindrga o’xshashdir. U o’ziga kerakli ozuqani onasining qonidan oladi. Hujayralardan tez orada to’qima va a’zolar hosil bo’ladi. Sekin-asta umurtqa suyagiga aylanadigan yoy shakli paydo bo’ladi. Birinchi qon tomirlari, yurak shakllanadi.
Onadagi o’zgarishlar
O’zingizda yangi o’zgarishlarni sezishingiz mumkin. Bosh og’rig’i, ko’p uxlash, hojatga tez-tez borish, ishtahaning yo’qolishi, ko’ngil aynishi va, hattoki, qayt qilish, ta’mga bo’lgan maylning o’zgarishi (sho’r narsalarni yoqtirish) va hidlarga bo’lgan munosabatning o’zgarishi (avval yoqtirganlaringiz endi g’ashingizga tegishi) kuzatiladi. Bular bolangiz talabiga muvofiq organizmingizdagi gormonal o’zgarishlar alomatidir. Normal ravishda kechayotgan homiladorlikda bu alomatlar homiladorlikdagi erta toksikozdir, 12-haftadan so’ng o’tib ketadi.
Shunga qaramay, ko’pchilik homiladorlar yuqorida aytib o’tilgan belgilarning birortasiga ham ega bo’lmasligi mumkin. Ular birinchi haftani xotirjam holatda, ba’zi bo’lg’usi onalarning «hamrohi» bo’lgan ko’ngil aynishi va qusishlarsiz o’tkazadilar. Shunday qilib, agar siz ushbu «kichkina xursandchiliklardan» mahrum bo’lsangiz, sizga faqatgina havas qilish mumkin. Gohida homiladorlikning avvalgi bosqichlarida sust qonli ajralmalarni ko’rish mumkin. Ularning sababi turlicha bo’ladi va doim ham vahimaga tushishga asos bo’lmaydi.
Yolg’on vahima
Homiladorlik vaqtida qon ketishi bo’lg’usi onalarda vahima uyg’otadi. Ularning sababi va bu holda o’zini qanday tutish lozimligi har bir holat uchun alohidadir. Taxminan har beshinchi ayolda homiladorlik davrida qon ketadi. Baxtimizga ko’pchilik holatlarda u bola va homila uchun xavf tug’dirmaydi. Bundan tashqari, vrachlar qon ketishi sabablarini homilaning qaysi oydaligiga qarab belgilashadi.
Birinchi uch oylik
Kuzatuv natijalariga ko’ra, qon ketish holati ko’pincha birinchi uch oylikda sodir bo’ladi. Bu homiladorlikning avvalgi 14 haftasidir. Birinchi sabab – bachadon og’zining shikastlanishi. Bu davrda u kuchli ravishda qon bilan ta’minlaydi va o’ta sezgir bo’ladi. Sport bilan shug’ullanganda yoki jinsiy aloqa natijasida qonga to’la tomirlar yorilishi yo shikastlanishi mumkin. Bu vaziyatda qon ketishi juda kuchsiz, nomigagina bo’lib, 3-6 soatdan so’ng o’tib ketadi. Bunda darhol shug’ullanayotgan ishingizni to’xtatib, yotish kerak va qaltis holatlardan uzoqroq bo’lgan ma’qul.
Ikkinchi sabab – hayz. Taxminan farzand kutayotgan har elliginchi ayolda homiladorlikning avval- gi davrida hayz keladigan odatiy kunida oz miqdorda qonli ajralmalar keladi. Buning sababi nimada? Hali vrachlar bu savolga javob topishgani yo’q. Lekin bunday qon ketishi umuman zararsiz.
Uchinchi sabab – homiladorlik gormonining yetishmasligi. Agar tuxumdonlar progesteron gormonni yetarlicha ishlab chiqarmasa, bachadon shilliq qavatidan odatiy hayz davridagidek qon ketadi. Bu holat ko’pincha hayz davri nomuntazam bo’lgan bo’lg’usi onalar yo bepushtlikdan davolangayollarda kuzatiladi. Agar tahlil natijasi gormon yetishmasligini aniqlasa, u tabletka yoki in’eksiya orqali yuboriladi.
To’rtinchi sabab – homila tushishi. U qorin ostida bo’ladigan hayz oldi og’riqlarini eslatuvchi kuchli og’riq bilan kechadi. Birinchi alomatlaridayoq tezda shifokorga uchrashing. Ehtimol, hali homilani saqlab qolish mumkindir.
Nihoyat, birinchi uch oylikda qon ketishiga beshinchi sabab – bachadon naychasidagi (bachadondan tashqari) homila. Homiladorlarning 1000 tasidan bittasida urug’langan tuxum bachadonga tushmay, bachadon naychasida turib qoladi. Bunga sabab tuxum yo’lidagi chandiqlardir. Ular shamollagan tuxumdonlarda ko’p uchraydi.
Shuningdek, homila bo’lishining oldini olish uchun qo’yiladigan himoya vositalari (spiral) ham bu xavfni oshiradi. Alomatlari – qorin ostida to’lg’oqqa o’xshash juda kuchli og’riq va qonli ajral- malar paydo bo’ladi. Agar tezda shifokor huzuriga bormasangiz, ko’p qon ketib qolishi mumkin. Kasallik tasdiqlanganda esa operatsiya zarur.
Ikkinchi uch oylik
Odatda bu davrda qon ketishi juda kam uchraydi. Ko’pincha uning sababi noqulay yiqilish yoki qorin atrofiga zarba tegishi bo’ladi. Har qanday holatda, hattoki, qon ketmasa ham, shifokorga uchrashing. Ehtimol, u sizga bachadon devori va homila orasida qon quyilmaganiga ishonch hosil qilish uchun ultratovush tekshiruvidan o’tishingizni tavsiya etadi.
Uchinchi uch oylik
Homiladorlikning 28-haftasidan so’ng qon ketishi ko’p tarqalgan hodisadir va, afsuski, u bola va ona uchun xavfli. Ajralmalar alomatini ko’rishingiz bilan darhol tez yordam chaqiring, ular kelgunicha esa, eng yaxshisi, qimirlamay yoting.
Bu davrda qon ketishining keng tarqalgan sabablari quyidagilardir: Birinchi sabab – yo’ldoshning noto’g’ri joylashishi. «Mashq qilayotgan» to’lg’oq yo’ldoshdagi qon tomirlarining yorilishiga olib keladi va natijada og’riqsiz qon keta boshlaydi.
Tug’uruqxonada vrachlar dori-darmon yordamida bachadonni «tinchlantirishga» harakat qiladilar. Agar buning ilojisi bo’lmasa yoki qon ko’p ketsa, operatsiya qilinadi.
Ikkinchi sabab – yo’ldoshning erta ko’chishi. Bu juda kam uchraydi. Qorin ostidagi kuchli og’riq, tarang va qattiq bachadon, qon ketishi tezda tug’uruq- xonaga borish lozimligini bildiradi.
Bo’lg’usi onalarga homiladorlikning qaysi oyida bo’lishlaridan qat’iy nazar, kutilmaganda qon ketganda nima qilishlarini eslatib o’tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.