Ko’pchilik Ikeda Keiko degan ismni eshitgan deb o’ylayman. U Tokio olimpiadasida gimnastika musabaqalarida ajoyib chiqish qilib, keyinchalik murabbiy sifatida yoshlarni tayyorlagan ayoldir. “Bola rivojlanishi” jurnalida Ikedaning quyidagi gaplari keltirilgan maqola bor edi.
Er-xotin Ikedalar ikkisi ham gimnastlar, o’zlarining birinchi farzandlarini bizning “Yaponiya erta rivojlanish uyushmasi” ishlab chiqqan tizimga asosan mashq qildirishga qaror qildilar. Bola tez orada ajoyib jismoniy qobiliyatlarini namoyon etdi. Ota-ona ularning iste’dodi bolaga nasldan o’tgan va uning “qoni”da bor deb o’yladilar. Shuning uchun ikkinchi farzandlari bilan shug’ullanmadilar va xuddi shu sportchi ota-onadan tug’ilsa-da, u hech qanday sportga xos qobiliyatlarini namoyon qilmadi. Juftlik harakatlanish qobiliyatlari nasldan ko’ra ko’proq mashqlarga bog’liq deb xulosa qildilar.
Bizning tana tuzilishimiz va harakatlar muvofiqligi nasldan o’tadi. Ammo tabiat in’om etgan tanani qanchalik rivojlantira olishingiz mashqlarga bog’liq. Tug’ilishdan suzish yoki gimnastika bilan shug’ullanish uchun go’zal tana tuzilishiga ega bo’lsangiz-da, maxsus mashqlarsiz bu qobiliyat nishonalari rivojlanmaydi. Shu bilan birga, zaif jismoniy qobiliyatlar bilan tug’ilgan bola sportda katta g’alabalarga erishishi mumkin.
Avvalroq aytganimiz besh tilda so’zlashuvchi iste’dodli aka va singillar jismonan zaif tug’ilganlar. Ammo astoydil yugurish va badantarbiya mashqlari yordamida yaxshi natijalarga erishdilar. Qizchani 11 oyligida, akasini esa ikki yarim yoshda mashq qildira boshlaganlar. Natijada singlisi akasidan ham yaxshiroq yuguradigan bo’ldi. Bu misol yana bir bor harakatlantiruvchi qobiliyatlar naslga emas, balki erta mashq qildirishga bog’liq ekanini ko’rsatadi. Tug’ilishidan sportga qobiliyatli bolaning iqtidori, aslida, u sport shakllangan muhitda ulg’ayganligi natijasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.