Bolaning xohish-istaklarini e’tiborsiz qoldirib, uning shaxsiga nisbatan kuch ishlatish, afsuski, tarbiya deb tushuniladi. Albatta, go’dak hali o’z xohishlarini ko’rsatib bera olmaydi, ammo ona ularni ilg’ab olishni o’rganishi kerak. Bu uning asosiy vazifalaridan biri.
Bolani o’z xohishiga qarshi biror narsani qilishga majburlash bilan uning o’ziga bo’lgan ishonchini yo’qqa chiqarasiz. Ta’lim bilimlarning o’qituvchidan o’quvchiga berilishini anglatgani uchun o’qituvchi yoki tarbiyachi vazifasini bajaruvchi shaxs o’z-o’zidan beruvchi holatida bo’ladi. Shaxsiy fikrimga ko’ra, bu ma’noda eng yaxshi ta’lim biz ta’lim deb ataydigan chegara tashqarisida. Masalan, hech bir ota yoki ona farzandiga ona tilini o’rgatmoqdaman deb o’ylamaydi. Shunga qaramay, ota-ona bilan muloqot ta’lim deb atalmasa ham, bolani gapirishga o’rgatadi.
Onaning nutqi, hissiyotlari va xatti-harakatlari har doim bolaga o’tadi, uning fe’l-atvori va qobiliyatlari shakllanishiga ta’sir etadi. Boshqacha qilib aytganda, ular orasidagi muloqotning o’zi “ta’lim”dir. Bolani turli ko’nikmalarga o’rgatish ta’limning faqat bir tomonidir.
Chiba universiteti faxriy professori janob Tako Tero sumo dunyosining mashhur odamlari bolalik davrini tadqiq qildi. Ya’ni onadan boshlab atrofdagi odamlarning bolaga ta’sir o’tkazuvchi chuqur tushuntirishlari va g’amxo’rliklaridan bola ta’limi boshlanadi.
Hech bir majburlashsiz bolada biror narsani bajarish istagini paydo qilish o’qitishning yangi samarali usulidir. Shunday qilib, bolaning erta rivojlanishi ona va atrofdagilarning sermulohazaliligi va e’tiboriga bog’liq. “Dunyoning mashhurlari” kitobi muallifi olmon kimyogari V.Ostvald fikricha, iste’dodlar kitoblar va maqtovlar bilan tarbiyalanadi.
Buyuk shaxslarning ota-onalari ularga kitoblarni majburlab o’qitgan emas, balki yoshlikdan mutolaa qilish muhitini yaratib, unga mehr uyg’otganlar. Ularga hech qachon: “Sen buyuk inson bo’lishingni istayman”, – deb aytmaganlar. Aksincha: “Sening buyuk inson bo’lishingga shubham yo’q”, – deya uqtirganlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.