Odamning tashqi ko’rinishi naslga butunlay bog’liq hisoblanadi. Ammo odamning tashqi ko’rinishi uning hayoti qanday kechayotganiga qarab o’zgarishini biror marta bo’lsa ham payqaganmisiz? Albatta, ko’zlar va burun shaklini butunlay o’zgartirish uchun plastik jarrohlik yordami kerak. Biroq, umuman olganda, tashqi kо’rinish va о’zini tutish hayotiy sharoitlar natijasida keskin о’zgaradi. Ayniqsa, bu o’zgarishlarni bolalarda yaqqol kuzatish mumkin. Masalan, musiqa tinglayotgan yoki musiqa darslari olayotgan bolaning tashqi kо’rinishi, shubhasiz, shu mashg’ulotlar tufayli о’zgaradi.
Biz “Erta rivojlanish uyushmasi”da bir guruh yangi kelgan va bir-biridan sira farq qilmaydigan go’daklar orqali tadqiqot о’tkazdik. So’ng guruhdan ayrim bolalarni tanlab olib, ularga Motsartning “Kichik tungi serenadasi”ni eshittirdik. To’rt oydan so’ng bu bolalar boshqalaridan farq qilar: ular tetikroq va ko’zlari yorqinroq edi.
Mashhur yapon musiqa tanqidchisi Maruo о’z xatida menga shunday yozgan edi: “Tovushlar odamga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ziyrak va g’amxo’r onalar Ikkinchi jahon urushidan beri bolalar qanday о’zgarganini, ehtimol, sezgandirlar. Bu o’zgarish uchta sabab tufaylidir:
1) onalarning madaniyat darajasi o’sganligi;
2) ovqatlanish yaxshilanganligi;
3) bolalarga tovushlarning ta’siri kuchayganligi.
Maruo musiqa inson yuz ifodasini o’zgartirishiga ishonadi. U bunday qiziq holatga bir necha marotaba duch kelgan. Shuning uchun musiqa insonni go’zal qiladi degan qat’iy ishonch bilan “odamning musiqaga sho’ng’ishi” usulidan foydalanadi. Uning fikricha, bir oylik chaqaloqqa faqat nutqni tinglash yetarli emas, balki u radio, televizor, magnitofon yozuvlari orqali musiqani ham eshitmog’i lozim.
Maruo hakam sifatida ishtirok etgan musiqiy dasturlarda tomoshabinlarning yuz ko’rinishini kuzatar ekan, ularning musiqiy tomoshalardagi qo’shiq turiga qarab o’zgarib borishini sezadi. “Musiqa yig’ilganlar yuzini o’zgartirdimi?”, “O’xshash chehrali tomoshabinlar bir xil musiqani yoqtirishadimi?” qabilidagi savollarga asoslangan holda juda qiziq kuzatishlar o’tkazish mumkin.
Shuningdek, Maruo musiqa insonlarni go’zallashtirishidan tashqari Chamorojining bir usulida “musiqiy rohat”, ya’ni musiqaga singib, unga berilish orqali chiroyli bo’lish usulini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.