Restoranda ovqatlanib o’tirganimda bexosdan yonimdagi stoldan “Fursatdan foydalanib onang bilan ajrashamiz” degan ovozni eshitdim. Mayin ohangda gapirilgani sabab ajablanib ortimga qarasam, uni yosh ota-onasi bilan kelgan ikki yashar bola aytayotgan ekan. Uning oldida qaynatma sho’rva solingan idish turar edi. Men hayratlanib ularning oldiga bordim. “O’g’lim qaynatma sho’rva korxonasining efirda uzatiladigan reklamasini yodlab olgan. Shuning uchun qaynatma sho’rvani olib kelishlari bilan darhol reklamadagi gap esiga tushdi”, – deb bolaning onasi menga bu holatni izohlab berdi.
Biz kattalar televizordagi reklamani ko’rsak-da, birozdan keyin unutib yuboramiz. Lekin bolalar bunday uzun jumladan iborat reklama bo’lsa ham, ovoz hamda talaffuz (intonatsiyasi)ga qadar juda aniq eslab qoladilar.
Ehtimol, barcha mamlakatlarda odamlar ko’pincha go’daklar bilan ularning “tili”da gaplashar. Shu bilan birga, radio va teleko’rsatuvlar odatiy “kattalar” tilida olib boriladi va ikki yoshdagi bola oddiy ko’rsatuv tilini bemalol tushunadi.
Albatta, bola endi gapira boshlaganida so’zga o’xshagan narsalarni bijirlaydi, ammo buning sababi aqliy qobiliyati yetishmasligidan emas, balki nutq organlari yetarlicha rivojlanmaganidir. Oddiy qilib aytganda, uning nutq apparati to’liq rivojlanmagan bo’lsa-da, gapirish istagi tufayli talaffuz qilishga ulgurmaydi. Shu sababli kattalar: “Bolalar boshqa tilni tushunmaydi”, – deb ular bilan “bolalar tili”da muloqot qilishsa, to’g’ri talaffuz ko’nikmalari hech qachon shakllanmaydi. Shuningdek, til o’zlashtirish jarayonida bola o’z nutqiga emas, kattalar qanday gapirishiga tayanadi.
Agar istasangiz, bolalar bilan umuman bolalarcha so’zlashmang. Oxir-oqibat bir necha oydan so’ng u ulg’ayadi va umumqabul qilingan tilni tushunishi zarur bo’ladi. Bolalar bog’chasiga borganida uning kichkina emasligi va to’g’ri gapirishi kerakligi aytilsa, bu bola uchun qo’shimcha noqulaylik tug’diradi.
Bir fransuz ayol o’z qizini turmushga berayotganida bolajak kuyoviga: “Qizimning sarpasi yo’q, ammo u fransuz tilida qoyilmaqom gapiradi”, – dedi. Bunday g’urur tahsinga loyiq va men har bir bolada o’z ona tilini shunday mukammal egallash imkoniyati bo’lishini istardim.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.