Qonda glyukoza miqdorining o’zgarishiga taomdagi uglevodlarning ta’sirini nisbiy ko’rsatkichi. Bu tushuncha 1981 yilda, Kanadaning Toronto universiteti professori, doktor A.Djenkins tomonidan kiritilgan. Glyukoza qabul qilgandan 2 soat o’tib qondagi qand miqdorini o’zgarishiga qarab belgilanadi. (Glyukozaning GI=100) Boshqa uglevodlarning shuncha miqdori qancha GI ga egaligiga qarab guruhlarga bo’lingan. Misol: 100 g grechkada 72 g uglevod bor. Grechkani GI si 45 ga teng. Grechkada: 72×0.45=32,4 g glyukoza bor. GI si past maxsulotlar GI si yuqorilariga nisbatan sekin so’riladi va qondagi qand miqdorini sekin oshiradi.
Qandli diabet, yurak qon-tomir kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar past GI ga ega maxsulotlar iste’mol qilish kerak. Glikemik indeks (GI) ilmini bilish bizga qanday foydalar beradi?
Tuxumdonlar polikistoz sindromida tavsiya qilingan.
Ko’z salomatligini saqlashda va boshqa ko’plab foydalari bor.
Maxsulotni GI qancha baland bo’lsa, qonda glyukoza miqdori shuncha baland bo’ladi. Sarflanmagan glyukoza esa yog’ga aylanib, a’zolarda to’planadi.
Suratda glikemik indeksi (GI) yuqori bo’lgan maxsulotlar ro’yxati keltirilgan. Ushbu maxsulotlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish:
Tana vaznining ortishiga;
Qon bosimini ko’tarilishiga;
Ateroskleroz rivojlanishiga;
Me’da osti bezi yetishmovchiligiga va boshqa ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi. Qandli diabet kasalligida yuqoridagi maxsulotlarni iste’mol qilish xavfli hisoblanadi.
Suratda o’rtacha glikemik indeksga (GI) ega maxsulotlar ro’yxati keltirilgan. Bu maxsulotlar uzoq va sekin xazm bo’lganligi uchun, qondagi qand (glyukoza) miqdori tez ko’tarilmaydi. Ortiqcha yog’ to’planmaydi. Qandli diabet kasalligida yuqoridagi maxsulotlarni me’yorida iste’mol qilish mumkin!
Suratda glikemik indeksi (GI) past maxsulotlar ro’yxati keltirilgan. Bu maxsulotlardan tashqari, tarkibida uglevodlari kam yoki yo’q maxsulotlar xam GI past maxsulotlar qatoriga kiradi. Bularga go’sht va go’sht maxsulotlari, baliq, tuxum, yog’lar va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.