“Ota-ona yuragidagini bola bilmaydi”, – deganlaridek, bolaning aytmoqchi bo’lganini eshitmay turib “uf” tortadigan ota-onalar bu bolaning yomon ekanligini ko’rsatadimi? Men bunga ota-onalarning o’zlari aybdor deb o’ylayman.
Doktor Suzuki o’z farzandi bilan juda yomon munosabatda bo’lgan ona haqida aytib bergan. Ona umidsizlik bilan: “Nega Xudo menga bunday yomon farzand yuborgan?!” – deb nolir ekan. Bir kuni doktor Suzuki unga: “Buning sababi uni doimo urishishingizda. U doim bezovta. Agar vaqti-vaqti bilan siz ham o’z xatolaringizni tan olsangiz, bolangiz sizni yaxshiroq tinglaydi va hurmat qiladi”, – debdi. Bir muddatdan so’ng ona doktor Suzuki yoniga juda mamnun holatda kelib, o’z o’g’ilchasi bilan munosabatini yaxshilaganini aytib beribdi.
Vijdonli onalar ko’pincha ularning talabchanligi norozilikka uchrashidan shikoyat qiladilar. “Sizga aytish yaxshi, chunki buni o’zingiz qilishingiz kerak emas”. Bolalar haq! Buyruq berish tarbiya qilishning yaxshi usuli emas. Agar bolalar butun kuchlarini ishga solsalar-u, ayni vaqtda, kattalar ota-ona sifatida qilishlari kerak bo’lgan ishning o’ndan biri yoki yarmini ham qilmasalar, bundan yaxshilik chiqmaydi. Ota-onalar ham biror narsani birga qilib, unga ko’rsatish yo’lini topishlari lozim.
“Buni qil!”, “Buni yodla!” – deb buyruq berib otaning o’zi kursida gazeta o’qib o’tirishi – bu yalqov kishining usuli. Farzandni tarbiyalamoq o’zini ham doimiy ravishda tarbiyalash demakdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.