Yuqorida aytib o’tganimdek, onaning kun bo’yi o’z bolasi yonida bo’lishi yoki uni qo’lda ko’tarishi bolaning xulq-atvori rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Bu nafaqat bolaning aqliy rivojlanishi, balki hissiyotlari kamol topishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Agar jismoniy yaqinlik nafaqat o’z onasi, balki go’dakning otasi, aka-uka va opa-singillari yoki boshqa bolalar bilan bo’lsa, go’dak yanada ko’proq foyda ko’radi. Bu uning aqlini rag’batlantiradi, raqobat hissini, ijtimoiy munosabatlarini va birinchilikka intilish istagini rivojlantiradi.
Viskonsindagi universitetdan (AQSh) doctor Xari Xarlou maymun bolalari o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar va ularning aqliy hamda ijtimoiy rivojlanishga ta’siri bo’yicha tadqiqot o’tkazdi.
Birinchi tajribada doktor Xarlou maymun bolalarini ichida faqatgina sut idishchasi bo’lgan, barcha tomoni yog’och taxtalar bilan yopilgan qafasga joylashtirdi. Tadqiqotning maqsadi bir muddat yolg’izlikda qolgan maymuncha o’zini qanday tutishini ko’rish edi. U uch oydan so’ng maymunlar guruhiga qo’yib yuborilganida avval o’zini qat’iyatsiz tutdi, ammo bir haftadan so’ng tetiklashdi va boshqalar bilan o’ynay boshladi. Ikkinchi tajribada maymuncha yolg’izlikda olti oy ushlab turildi. Guruhga qo’yib yuborilganida u burchakka berkinib olar, hammadan qochar, boshqa maymunchalar bilan umuman o’ynamas edi. Uchinchi tajribada esa maymuncha yolg’izlikda bir yil saqlandi va bundan keyin xuddi shunday sharoitda saqlangan boshqa maymunlar bilan ham o’ynashga qodir bo’lmay qoldi. Nihoyat, qafasga yolg’izlikda yashagan bir nechta maymunlar va yolg’izlikni ko’rmagan birgina maymunni joylashtirganlarida yolg’iz qolmagan maymunda ayni sharoitdan asabiylik sodir bo’ldi. Bu maymunlarning aqliy rivojlanish koeffitsiyenti sog’lom muhitda ulg’aygan maymunlarnikidan ancha past edi. Bu tadqiqotlar haqida o’qib men ularda beixtiyor inson bolalari bilan o’xshashlikni ko’rdim va “Suhbatlashishdan mahrum qilingan go’dak aqliy qobiliyati zaif va xulq-atvori og’ir bo’lib ulg’ayadi” degan xulosaga keldim. Hozirda insonlar о’zaro kam suhbatlashmoqdalar. Bu bolalar tarbiyasida o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Shuni inobatga olib onalar o’z farzandlari uchun ko’proq yig’ilib, birgalikda suhbat qursalar, yaxshi samaraga erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.