“Shogird o’z ustozidan o’zib ketdi” degan naql bor. Bu tarbiyaning asosiy maqsadi bo’lishi kerak. Ko’p marotaba ta’kidlaganimdek, iqtidorli bo’lib tug’ilmaydilar, balki tarbiya qilinadilar. Agar aksioma sifatida inson qobiliyatlari 100 foiz tug’ma deb olsak, demak, farzand hech bo’lmasa o’z ota-onasi darajasiga yetishi kerak. Agar tarbiyangiz natijasida farzandingiz sizdan ozgina bo’lsa-da o’zib ketmasa, demak, siz yalqov ota-ona bo’lgansiz.
Bizning Iste’dodlar maktabimizda bolalarga bir plastinkani ko’p marotaba tinglashga berardik. Plastinkada ular o’rganayotgan skripka uchun musiqa asari bor edi. So’ng ulardan tinglaganlaridan ko’ra uni yaxshiroq chalishni so’radim va ular qattiq harakat qildilar. Oxir-oqibat ko’pchilik buning uddasidan chiqdi, taajjublanish kerak emas, chunki bu mening ijroimdagi musiqa asari edi.
Umuman aytganda, Iste’dodlar maktabining asosiy g’oyasi – bolalarni shunday o’qitish kerakki, o’z ota-onalari va uztozlaridan o’zib ketsinlar. Eng yaxshilarini biz “talaba”, qolganlarni “talabaning o’quvchisi” deb ataymiz. Agar o’quvchilar ustozlari darajasiga yeta olishmasa, so’ng boshqalarni o’qitishsa, bunday jamiyat tanazzulga uchrardi.
Shogird ustozidan o’zib ketishi shart, aks holda, taraqqiyot bo’lmaydi. Albatta, barcha ota-ona farzandi o’zidan o’zib ketishini istaydi. Ota-onaning qobiliyati yuksak bo’lmasa-da, ularning farzandlari ilm-fanda muvaffaqqiyatlarga erisha oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.