Ota-onalar ko’pincha: “Farzandim bilan shug’ullanishga mening na pulim, na vaqtim bor. Sizning fikrlaringiz hamma narsasi borlar uchundir”, – deya e’tiroz bildiradilar.
Bola tarbiyasi vaqt va pul masalasi emas. Albatta, o’z farzandini musiqa yoki chet tillari mashg’ulotlariga faqatgina obro’-e’tibor uchun olib boradigan ota-onalar ham kam emas. Shuning uchun ko’pchilikning erta rivojlanish boylar shug’ullanadigan mashg’ulot deb qarashi ajablanarli emas.
Biroq bu faqatgina tashqi taassurotdir. Haqiqatan ham, mablag’i kam ota-onalar uchun ayrim mashg’ulotlarga vaqt va pul topish oson emas. Shuni bilingki, musiqa yoki til mashg’ulotlari farzandingiz iste’dodini rivojlantirishning yagona usuli emas.
Mehribon ota-onalar ta’limning boshqa imkoniyatlarini ham topadilar. Agar, ko’pchilik o’ylaganidek, vaqt va pul shu qadar katta ahamiyatga ega bo’lganida, unda qanday qilib boy oilalarda uquvsiz, kambag’al oilalarda iste’dodli bolalar kata bo’lishini izohlash mumkin? Demak, masala bu yerda faqat pul emas, balki ota-ona mehr-muhabbati va tirishib harakat qilishidadir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.