Mendan koʻpincha: “Erta ta’lim buyuk daholarni tarbiyalaydigan ta’limmi?” – deb soʻraydilar. Men:”Yoʻq”, – deb javob beraman. Erta ta’limning yagona maqsadi bolani aqlli va sogʻlom, oʻtkir zehnli va gapga quloq soladigan qilib tarbiyalashdir.
Barcha odamlar, agar jismoniy nuqsonlari boʻlmasa, deyarli bir xil holatda tugʻiladilar. Bolalarning aqlli yoki nodon, ma’sum yoxud tajovuzkor boʻlishi ularning tarbiyasiga bogʻliq. Agar har bir bolaga kerakli narsa zarur vaqtda berilsa, u oʻtkir zehnli va kuchli irodaga ega boʻlib ulgʻayadi.
Odamlar va kuchuklarda kechadigan jarayonlarni taqqoslash gʻayritabiiy tuyulishi mumkin. Lekin qanchalik ajoyib, zotdor nasldagi kuchuk boʻlsa ham egasiz daydi itlar toʻdasiga qoʻshib qoʻysak, u tobora vahshiylashadi. Soʻng oxiri chinakam daydi itga aylanadi. Ta’kidlash shart emaski, yangi tugʻilgan chaqaloqning miyasi itga nisbatan sust rivojlangan boʻlib, tarbiyalanish usuliga qarab (odamlar orasiga emas, itlar orasiga tashlab qoʻyilsa – izoh bizniki) osongina “daydi it”ga ham aylana oladi.
Mening fikrimcha, barvaqt rivojlantirishning asosiy maqsadi baxtsiz bolalar paydo boʻlishining oldini olishdir. Bolaga yoqimli musiqa eshittirish yoki skripka chalishni oʻrgatish uning mashhur skripkachi sifatida kamol topishi uchun amalga oshirilmaydi. Unga xorijiy til betakror tilshunos boʻlib ulgʻayishi yoki uni “yaxshi” bolalar bogʻchasiga yoxud boshlangʻich maktabga tayyorlash uchun oʻrgatilmaydi, asosiysi boladagi cheksiz imkoniyatlarni rivojlantirish orqali uning hayotiga va dunyosiga koʻproq quvonch olib kirishdir.
Masaru Ibuka
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.