Men ko’p xatlar olaman. Ba’zilar mening qarashlarimga qo’shilmaydi, ammo ko’pchilik ularga xayrixoh bo’ladi. Afsuski, ko’pchilik erta tarbiyani birinchi navbatda qobiliyatni tarbiyalash emas, maktabda bolani namunali o’quvchi qilib kamolga yetkazish tarbiyasi deb qaraydilar.
Bir ona yozibdi: “Mening fikrimcha, asosiy muammo maktab ta’limining mukammal emasligida, go’daklikdagi tarbiyada emas. Mening farzandim zamonaviy maktabda boshlangan ta’lim jarayonini davom ettira olishiga shubham bor. Maktabdagi asosiy o’lchov – bu imtihondagi bahodir. Bu tizim bolaning go’daklikda qisman rivojlantirishga erishilgan iste’dodini o’ldirmaydimi?”
Men ham bolalar olti yoshda maktabga chiqib, bir xil dastur bo’yicha o’qigandan so’ng oliy ta’lim tizimiga kiradigan Yaponiyadagi ta’lim tizimi oqilona ekanligiga shubha qilaman. Bu tizim iste’dodli bolalarga osonlik qilishi, qobiliyati sust bolalarga esa qiyinchilik tug’dirishi bilan qoniqarsizdir. XXI asrda jamiyat rivojlanishi uchun ma’suliyatni o’z bo’yniga olishga qodir insonlarni standart ta’lim tarbiya qila olmaydi.
Ta’lim tizimining mukammal bo’lmaganligi bois men erta rivojlanishga jiddiy e’tibor beraman. Go’daklikda to’g’ri tarbiya olganda bola maktabda ham yaxshiroq o’qiydi. U maktabda “baholarni qo’lga kiritish” tizimini yengilroq boshidan kechiradi. Erta rivojlanishning muhim davrida yaxshi urug’lar ekilgan bo’lsa, bola istalgan qiyinchiliklarga bardoshi yetadigan holatda ulg’ayadi.
Bundan tashqari, men mavjud ta’lim tizimi doimiy qolishiga ishonmayman. Men aminmanki, ota-onalar zarur o’zgartirishlarga erishadilar. Shunday qilib, ularning qo’lida jamiyat va kelajak avlod taqdiri yotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.