Er-xotin munosabatlari bir tekis munosabatlar emas. Yillar davomida bu munosabatlar ko‘p marotaba sinaladi, darz ketadi, hatto sinishi ham mumkin. Oilada er va xotin munosabatlari vaqt o‘tishi bilan oqilona hamkorlik va do‘stlik, qon-qarindoshlik munosabatlariga aylanib boradi. Ko‘pchilik nikohlarni baxtli ham, baxtsiz ham deb atash mushkul, chunki ularda er-xotinlarning bir-birlarini sekin-asta tarbiyalab borishlari va taqdir taqozosi bilan bora-bora munosabatlar chuqurlashib, tushunish hissi va do‘stona munosabatlar sayqallashib boradi. Oilaning mustahkam bo‘lishi, er-xotinning baxtiyor hayot kechirishlari va tinch-totuv yashashlarida ularning o‘zaro qovushishi muhim rol o‘ynaydi, deb ko‘rsatadi.
U o‘zaro qovushuvlarning shartli ravishda 3 tarkibiy qismga bo‘linishini e’tirof etadi. Ular: 1) biologik qovushuv; 2) psixologik qovushuv; 3) sotsial qovushuv.
Ba’zi hollarda mijoz turi jihatidan kelin-kuyovlar o‘zaro mos kelmasa-da, lekin ular orasida hissiyot kuchi, psixologikpedagogik bilim saviyasi, oilaviy hayotni mustahkamlashga intilish, tarbiya va madaniy saviya darajasi, o‘zaro munosabat maromlari ularning o‘zaro qovushishi, oilaning mustahkamligini ta’minlay oladi. Psixologlarning fikricha oilada er bilan xotin orasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni psixologik tahlil qilib, ularning asosiy sabablari kelin-kuyovning kasb-faoliyati va oilaning qadr-qimmatini o‘lchashlari, unda yetakchilik mavqeini qo‘lga kiritish uchun kurashishlari, bir-birini psixologik xususiyatlarini tushunib yetmasliklari, uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarishga tayyor emasliklari, jinsiy tarbiyaga oid bilimlarning yetarli emasligi, bolalarni tarbiyalashdagi kelishmovchiliklari, mijozlarining mos kelmasligi, jinsiy masalalarda kelisholmasliklari, farzandsizlik, rashk va ishonchsizlik ekanligini ko‘rsatib o‘tadi.
Aleksandr Dyuma ta’kidlaganidek: «Rashk boshqalardan ko‘ra o‘ziga ko‘prok azob berish san’atidir». Shunday ekan, rashkchi onalarga psixologlar tavsiya qiladilar: rashkingiz me’yoridan oshayotganligini sezganingiz zahoti, juda bo‘lmasa, uyingizdagi mebellar joyini o‘zgartiring, madaniy hordiq chiqaring, ko‘prok davralarda bo‘ling. Oilaviy munosabatlar ikki kishi er va xotin orasidagi hissiyotlarga asoslanib shakllanadi. Agar hissiyotlar ortda qolib, hayot muammolari ustun kelib, er o‘zini tergovchi sifatida tutsa, xotinini doimiy tergov ostida ushlasa yoki xotini doimo moddiy muammolar, boylik, ro‘zg‘or hisobkitobini qilib erni doimo tergasa bir-birlariga bo‘lgan his-tuyg‘u yo‘qolib ketadi. Inson ba’zida o‘ziga yaqin bo‘lgan odamlarni tushunmaydi. A.Grin o‘zining asarlaridan birida «Bizning ichki dunyomiz kamdan-kam odamni qiziqtiradi»-dedi.
Oilaviy munosabatlar ikki kishi er va xotin orasidagi hissiyotlarga asoslanib shakllanadi. Agar hissiyotlar ortda qolib, hayot muammolari ustun kelib, er o‘zini tergovchi sifatida tutsa, xotinini doimiy tergov ostida ushlasa yoki xotini doimo moddiy muammolar, boylik, ro‘zg‘or hisobkitobini qilib erni doimo tergasa bir-birlariga bo‘lgan his-tuyg‘u yo‘qolib ketadi. Inson ba’zida o‘ziga yaqin bo‘lgan odamlarni tushunmaydi. A.Grin o‘zining asarlaridan birida «Bizning ichki dunyomiz kamdan-kam odamni qiziqtiradi»-dedi. Inson turmush ko‘rishdan oldin bu hayotda o‘zining dunyoqarashiga ega bo‘ladi. U o‘zi uchun aziz va qimmatli narsalarni belgilab qo‘yadi, shuning uchun o‘z yonida tushunadigan, uning g‘ururiga tegmaydigan, dunyoqarashi ustidan kulmaydigan, ta’na qilmaydigan ko‘pincha yaqin bir inson bo‘lishini istaydi.
Kimda kim bankka qo‘ygan puli ko‘payishini istasa, buning chorasini izlaydi. Xuddi shuningdek, kimki ayoli bilan o‘zaro muhabbati yanada kuchayishini istasa, buning sabablarini qidirishi lozim bo‘ladi. Quyida o‘sha vositalardan 10 tasini keltirib o‘tamiz. Shuning uchun oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda quyidagi faktorlarga e’tibor qaratish kerak:
Masalan, uyquga yotish oldidan chiroyli atirgulni yoki chiroyli rangli qog‘oz (otkritka)ga go‘zal so‘zlar yozib, ayolingizning yostig‘i ustiga qo‘yib qo‘ysangiz, bu narsa juftingizga qanchalik ijobiy ta’sir etishini ko‘rasiz. Er ayoliga hadyani kulgu va tabassum hamda yoqimli so‘zlar bilan beradigan bo‘lsa, uning qalbida eriga nisbatan kuchli mehr uyg‘onadi. O‘z navbatida ayol ham eriga qo‘lidan kelganicha uning mehrini jo‘shtiradigan biror hadya berishga intilmog‘i kerak. Zero, xalqimizda “Qarsak ham ikki qo‘ldan chiqadi” degan maqol bor.
Suhbat chog‘ida ham bir-birlarining so‘zini betoqatlik, besabrlik va katta ehtimom bilan eshitishga urinishlari kerak. Albatta, bunda samimiylik yo‘qolmasligiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Zero, Ummu Zar’ roziyallohu anho rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhissalom Oisha roziyallohu anhoning uzun so‘zlarini e’tibor bilan, jim turib eshitganlar.
Er-xotin o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar, ya’ni erning o‘z vazifalarini bajarishi va ayolning o‘z vazifalarini bajarishi yoki bir-birlariga sevishlarini izhor qilishlarining o‘zi muhabbatni kuchaytirishga kifoya qilmaydi. Ba’zida gap-so‘zsiz, imo-ishoralar, qarashlar, ovozdagi o‘ziga xos ohanglar, ko‘zning muhabbatga limmo-lim o‘tli nigohi ham ishni bitirishi mumkin. Bularning hammasi ko‘ngil, ruhiyat orqali amalga oshiriladigan ishlardir.
Masalan, uydagi shaxsiy kutubxona kitoblarini tartibga keltirish, ba’zi taomlarni pishirishda yordamlashish, bolalarga tegishli narsalarni birgalikda amalga oshirish va hokazo. Zero, Payg‘ambarimiz alayhissalom uylarida onalarimizning ishlariga yordam berar, kiyimlarini o‘zlari tikar edilar.
Er ham, xotin ham bir-birlariga shunday so‘zlarni topib gapirsinlarki, natijada o‘rtalaridagi muhabbat yana ham kuchaysin. Masalan, bir-biriga sevishini aytsin, “Siz menga Allohning ne’matisiz” kabi so‘zlarni aytish ayni muddaodir.
Bunda xatto bolalarning ovozlari, shovqin-suroni ham eshitilmasin. Albatta, to‘la xotirjamlikni his qilib suhbatlashish er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va mehrni yanada jonlanishga hissa qo‘shadi.
Bu juda muhim masala. Bir-birini juda qattiq ham sevmasin, juda begonalashib ham ketmasin. Hamma ishda mo‘tadillik yaxshidir. Zero, muhabbatga mukkasidan ketishdan qaytarilgan. O‘rtada masofani saqlayman deb uzoqlashib ham ketmaslik kerak. Zero, o‘rtadagi masofani saqlashda qanchalik chuqur ketilsa, muhabbatga shuncha putur yetadi. Ko‘pgina oilaviy muammolar ham aslida mana shu begonalashuvdan kelib chiqadi. Payg‘ambar alayhissalom “Do‘stingizni yengilroq sevingki, kuni kelib u dushman bo‘lib qolishi ham mumkin. Dushmaningizga ham yengilroq adovat qilingki, kuni kelib u do‘st bo‘lib qolishi mumkin” deganlar.
Masalan, ayol kasal bo‘lib qolishi yoki homiladorlik davrida unga moddiy va ma’naviy suyanch kerakligini er doim yodida tutishi kerak. Shuningdek, erining biror sabab bilan kayfiyati tushkunligini, ayolining mehriga, daldasiga muhtojligini farosatli ayol darhol sezib, qo‘lidan kelgan yordamini berishi, bunday paytda erining yonida turishi matlubdir. Sherigining dardiga hamdard bo‘lish, uni qiynayotgan muammodan qiynalish o‘rtadagi muhabbatni misli ko‘rilmagan darajada oshirib yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.