Illyustrator (bezovchi) rassom Xiroshe Minabe hozirgi kunda mavjud uch yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyasidan qoniqmaydi. Uning ba’zi fikrlari menga e’tiborga loyiqdek ko’rinmoqda.
Masalan, uning aytishicha, rasm chizishdan avval rassom uning qaysi o’lchamda bo’lishini hal qiladi. Bolaga esa bir o’lchamdagi qog’ozni beradilar va shu bilan uni tanlash imkoniyatidan mahrum qiladilar.
Xuddi shunday munosabatni boshqa masalalarda ham kuzatamiz. Masalan, bolaga faqat maxsus yosh bolalar kuylari va ertaklari mos keladi deb hisoblashadi. Katta odam tasavvurining torligi bolaning tasavvurini cheklaydi.
Bolalarga bir xil o’lchamdagi qog’oz berilganida ular beixtiyor “Barcha rasmlar faqat shu o’lchamda bo’lishi kerak, ota-onam va tarbiyachilarim shuni xohlashadi” degan fikrda bo’ladilar. “Bunday tor dunyoda kichik-kichik rasmlar chizsam, onam xursand bo’ladi, bog’cha opamdan maqtov eshitaman” degan tor tushunchadagi bola tarbiyalanadi.
Bola birinchi marotaba qo’liga qalam olganida va toza qog’ozda iz qoldirishi mumkinligini anglaganida g’oyat ulkan dunyoni ko’radi (ota-onasining tasavvur qilishi mumkin bo’lganidan ancha katta). Bu ulkan dunyo bir o’lchamdagi qog’ozdan ancha kattadir. Men bolaga juda katta olchamdagi qog’ozni berardim, toki uning ustida emaklab chiza olsin. Bir o’lchamdagi qog’oz ijoddan mahrum va hayotiy bardoshga ega bo’lmagan bir qolipdagi odamni tarbiyalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.