Biz hozirgi zamon taraqqiyot darajasini maqtab, sovuq urushlar, irqiy xurofot, milliy va diniy nizolar haqida unutyapmiz. Bu muammolarni bartaraf etish uchun tuzilgan BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) va boshqa ko’plab boshqa xalqaro tashkilotlarning sa’y-harakatlari aksariyat hollarda besamar ketmoqda. Biz o’zaro ishonch va toqatni o’zimizda tarbiya qilmagunimizcha millatlar o’rtasida tinchlikka erishmaymiz. Avloddan avlodga o’tuvchi nafrat, alamzadalik va tajovuzkorlik, ziddiyat va shubha bilan qarash deyarli biologic sifatlarga aylandi. Yoshlikda bu hissiyotlarni singdirib, keyin ulardan qutulish qiyin.
Biz, kattalar, o’z bolalarimizga bu xurofotlarni singdirmasligimiz zarur. Go’daklar irqiy nafrat bilan zaharlanmagan bo’ladilar. Agar yoshlikda oq va qora rangli bolalar birgalikda teng ravishda o’ynashsa, ular odamlar o’rtasidagi tana rangi xuddi tashqi ko’rinish va bo’y kabi tabiiy holat degan tushuncha bilan ulg’ayadilar. Ular faqatgina kattalarning aytib berishi orqali irqiy xurofotlardan xabar topadilar. Urushlarni chin qalbdan to’xtatishni istaganlar bugungi dunyodagi siyosiy holat haqidagina emas, balki qanchalik mablag’ talab qilmasin, yosh bolalar tarbiyasi haqida qayg’urishlari shart. Bugungi bolalar ertangi jamiyatni quradilar.
Butun dunyodagi tinchlik bizga, hozirgi kattalarga bogliq emas, u hozirda yo’rgakda bo’lgan avlodga bog’liq.
Men erta tarbiyaning ahamiyatini oshirib yubormayapman. Mening so’zlarim biror-bir harakatga sabab bo’ladimi-yo’qmi, bilmayman. Ehtimol, ko’p tanqidlarga, hattoki asosiy nizomlarim, tarbiya usullarim va ona vazifasini qanday tushunishim ham e’tirozlarga sabab bo’ladi. Biroq, umid qilamanki, mening kitobim odamlarni dunyoda biror narsani o’zgartirishga, ayniqsa, uch yoshgacha bo’lgan davrdagi bolaning erta rivojlanish muammosiga qiziqish uyg’otadi. Ishonamanki, mening bu kitobim shu maqsaddagi birinchi qadamdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.