Ko’pgina ota-onalar o’z farzandlarini ijodkor shaxs etib tarbiyalashni istaydilar. Ammo, qo’rqamanki, zamonaviy tarbiya tizimida ijodiy qobiliyatlarni go’daklikdan rivojlantirish yetarli darajada samarali emas.
Ijodkorlik nima? Aniq ta’rif berish mushkul. Ammo eng oddiy ma’noda u charaqlab ko’zga tashlanayotgan qiziqish, tasavvur hamda ichki hissiyot (intiutsiya)ning mustaqil namoyon bo’lib, u yuqori darajaga ko’tarilganda kashfiyotlar, ixtirolar shaklida ko’rinishidir. Uning eng yuqori darajasida ijodkorlik, aql, bilim va tasavvur birlashtiriladi. Shubha yoki, ijoddagi muvaffaqqiyatlar ildizi shaxsiy va hissiy idrok etish hamda go’daklikdagi tajribalarga borib taqaladi. Boshqacha qilib aytganda, bolalik tasavvurlari katta odamga real hayotdan uzoq tuyulsa-da, haqiqatda, ijodiyot kurtaklari hisoblanadi.
Masalan, siz bolaga biror o’yinchoq sovg’a qildingiz, aytaylik, hayvoncha. U o’zini shu hayvon bilan tenglashtirib, hayvonot bog’iga borib ko’rgan tajribasiga asoslanib, o’zining ko’nikmasi yoki eshitgan ertagi asosida u haqda bir hikoya to’qishi mumkin. Yoki, masalan, biror-bir rasm uning tasavvurini shu qadar ta’sirlantirishi mumkinki, katta odamlar bunga qodir bo’lmaydilar. Aytishlaricha, Leonardo da Vinchi yoshligida shiftda uchayotgan alvastilar va u yerdagi yoriqlar, dog’lar orasida qimirlayotgan har xil maxluqlarni ko’rgan.
Katta odam choynak chizadi, bola esa bu rasmda og’zi ochiq baliqni ko’radi. Kattalar bolani urishib: “Ahmoqona gaplarni gapirma, bu choynak”, – deydi. Ayni javob xato bo’ladi va bu endi ochilishga tayyor g’unchani yakson qilish bilan barobardir. Quyidagi besh yoshli bolaning yozganlari bo’lib, haqiqatan, qiziqarli ijod mahsulidir. Bunda onaning qanday yo’l tutib tarbiyalagani juda muhim. “Zeniya olgan savat ichida tilla tangalar bor ekan. Uni uyga olib kelibdi. Shunda tilla tangalar bargga aylanibdi. Yana qoya tagida savat bor. Bu savatni ozgina ochib qarasa, ichidan ko’p mevalar chiqibdi. Zeniya ularni yebdi. Keyin maysazor paydo bo’libdi, gullar ochilibdi. Shunday qilib, tamom”.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.