🔰 Birinchidan, onalar bolani to‘g‘ri ovqatlantirishlari kerak. Ikkinchidan, ayniqsa iliq-issiq kunlarda bolaga ko‘proq suv berish lozim, bu terlash tufayli organizm yo‘qotgan suyuqlik o‘rnini to‘ldiradi. Uchinchidan yesa o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida shaxsiy gigena qoidalariga rioya yetish alohida o‘rin yegallaydi. Chunki o‘tkir me’da-ichak infeksiyalari bilan kasallanish 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 65-70 foizni tashkil qiladi. Kasallik ko‘pincha iste’mol qilingan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishini inobatga olib issiq kunlarda bolalarning ochiq suv havzalarida cho‘milishlarini nazorat qilish, ayniqsa mevalarni qaynagan suvda yuvib berish muhim hisoblanadi.
♻️ Vitaminga boy ko‘katlarni to‘g‘rab, bola ovqatiga qo‘shib yedirish lozim. Umuman, vitaminli yeguliklar kundalik dasturxonda doimo bo‘lishi shart. Oddiygina misol. Bola organizmida vitamin C yetishmasa, uning aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi, me’da-ichak faoliyati buziladi, bola tez-tez shamollaydigan bo‘lib qoladi. Shunday yekan, askorbin kislotasiga boy petrushka, karam, na’matak, limon, pomidor va sabzi iste’mol qilishni yo‘lga qo‘ygan ma’qul.
✅ Vitaminlarning B guruhi yetishmasa, bolada ishtaha yo‘qolishi, asab tizimi faoliyati buzilishi, lanjlik, ozib ketish kabi belgilar kuzatiladi, shu sababli bolalarga go‘sht, jigar, dukkakli donlar, sut mahsulotlari, tuxum va turli sabazavotlarni ko‘proq berish tavsiya yetiladi. Vitamin A tanqisligi yosh bolalarning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, moddalar almashinuvining bir me’yorda bo‘lmasligiga olib keladi. Bolalarga go‘sht, baliq, sut, tuxum, sariyog‘ va ko‘k no‘xatli taomlarni ko‘proq berish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.