Bola tarbiyasi ota-onalar tarbiyasidan boshlanadi. Bu kitobning maqsadi xuddi shundadir. Ushbu kitobni o’qiyotgan ota-onalar mendan xafa bo’lmaydilar deb umid qilaman.
Bola tarbiyasini, ayniqsa, u kichikligida boshqa shaxsga topshirish kerak emas. Faqat ota-ona, ayniqsa, ona bu vazifani muvaffaqiyatli bajara oladi. Buning uchun ular doimo ilm olishlari va fikr qilishlari kerak. Ota-onalarning o’zlari eng ishonchli deb bilgan tarbiya usulini tanlashlari zarur. Onalar ta’limi terminini ishlatgan bo’lsakda, bu ularni o’qitish kerak degan ma’noni anglatmaydi. U onalarimiz o’zlari beixtiyor o’rganadigan ta’lim zarurati degan ma’noda berilgan. Mustaqil o’qish yetarli bo’ladi. o’zlarini o’qituvchilikka tayyorlayotganlar nafaqat ta’lim berishi kerak bo’lgan fanni, balki bolalar psixologiyasi va pedagogikani ham chuqur o’rganadilar.
Xuddi shunday, ona ham o’z farzandi uchun birinchi hamda asosiy o’qituvchi sanaladi. Ona bilim olish asnosida bolaning tarbiyasi uchun pedagogika asoslarini o’rganishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.