Avtomashinalar qatnovi tufayli biz ko’chada o’ynayotgan bolalarni ko’rmaymiz. Onalari ularni qo’llaridan ushlaydilar, o’zlari kalovlanib yurishlariga ruxsat bermaydilar. Siz farzandingiz tezligida sekin yurishga vaqtingiz yo’qligidan shikoyat qilishdan avval piyoda yurish unga naqadar foydali ekanligi haqida o’ylab ko’ring.
Piyoda yurganda butun tana harakatlanadi. Tanamizdagi 639 mushakdan 400 tasi piyoda yurganda ishtirok etadi. Boshqa jismoniy mashqlardan farqli ravishda, piyoda yurganda bosim va bo’shashish bir maromda almashib turadi. To’g’ri yo’lda yurganda bir oyoqning mushaklari taranglashadi va boshqa oyoqdagisi dam oladi. Energiya sarflamasdan ravon harakat vujudga keladi.
Ko’p yozuvchilarning ishlari to’xtab qolsa, piyoda sayr qiladilar, chunki sayr davomida yangi fikrlar paydo bo’ladi. Piyoda yurish fikrlash jarayonini kuchaytirar, ehtimol. Biz o’z-o’zidan sodir bo’lishi kerak deb yurish jarayoniga e’tibor bermaymiz. Aslida, unday emas. Bo’rilar to’dasida katta bo’lgan ikkita qizcha tarixining ko’rsatishicha, bolaning atrofini emaklab yuruvchi jonzotlar о’rab tursa, u holda bola emaklashda davom etadi. Go’daklikdan bolani piyoda to’g’ri yurishga o’rgatish juda muhim.
Oyoqni sudrab yuruvchi odamlar yurishni boshlagan paytlarida doim katta oyoq kiyim kiyganlar degan yangicha fikr bor. Katta oyoq kiyimda yurganida oyog’idan sirg’anib ketaverganidan shunday bolib qoladi. Rost yoki yolg’onligi aniq emasku, shunday bo’lishi ham mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.