Bola ertami, kechmi o’z ota-onasining ta’nalariga javob berish yoshiga yetadi: “Men sizdan bu dunyoga keltirishni so’ramagandim. Endi koyishning keragi yo’q”. U haq bo’ladi. Haqiqatan, farzand ota-onasi sabab bu dunyoga keladi va ular unga ulg’aygunga, erkinlikka erishgunga qadar to’liq javobgardirlar.
Ko’pgina ota-onalar farzandlari ularning qaramog’i davrida o’zlari istagan narsalarini qilishlari mumkin degan tushunchadan uzoq vaqt qutula olmaydilar. “Men uni muhandis qilishni istayman” yoki “U musiqachi bo’lishini istayman”, – deb xuddi tikuvchiga kiyim buyurtma bergan kabi fikr yuritishadi.
Onalar doktor Suzukidan: “Mening farzandimdan biror narsa chiqadimi?” – deb so’raganlarida u, odatda: “Hech narsa”, – deb javob beradi.
Ammo onaning umidsizlikka tushganini ko’rib: “U biror narsa emas, balki ajoyib inson bo’ladi”, – deb qo’shib qoyadi. О’z farzandiga bunday egalik hissiyoti keng tarqalgan. Buning sababi esa bolaning irodasi inobatga olinmasligidadir. Go’dakning shaxsiy irodasi rivojlanishidan avval o’ziga nisbatan bunday tuyg’u o’rnashsa, butun umr o’z kuchiga bo’lgan ishonchi tiklanmasligi mumkin. Farzandingizning kelajagini rejalashtirish o’rniga unga yaxshiroq qarang.
Ota-onalarning majburiyati – o’z farzandiga kengroq imkoniyat berish, kim bo’lishini o’zi hal qilishi kerak. Ota-ona emas, farzandning o’zi kelajagining xo’jayinidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.