Xayolimga ko’pincha aravachada yotgan chaqaloqning quruq shift yoki chivinlarga qarshi dokadan boshqa narsani ko’ra olmasligi kelardi. Ba’zida uning o’rniga katta odamning yuzi paydo bo’ladi va tezda yo’qoladi.
Bu yaxshi emas. Bola biror narsaga qarashi zarur. Butun dunyoda ota-onalar belanchak ustiga shiqildoqlarni osib qo’yishadi. Bu yetarli ekanligiga amin emasman.
Italiyalik go’dak yoshidagi bolalar ta’limi tadqiqotchisi Montessori xonim mening bu xavotirlarimga qo’shiladi. Uning ta’kidlashicha, bu yoshdagi bolalar barcha sensor his-tuyg’ularni zo’r ishtiyoq bilan o’zlashtiradilar, ammo bu ehtiyoj bola doimiy ravishda o’z belanchagi yoki aravachasida chalqancha, ya’ni tepaga qarab yotganida qoniqtirilishi mumkin emas. Kattalar doimiy ravishda bolaga engashsalar-da, bu bolaning g’ashiga tegadi, chunki u boshini qimirlata olmay, yo’qolayotgan narsa ortidan kuzatishga harakat qiladi.
Bolaning ustida har daqiqa egilish yoki uni o’yinchoqlar bilan ko’mib tashlagandan ko’ra bolani yonboshlatib yotqizishni taklif qilaman, bunda u atrofni kuzatish imkoniyatiga ega boladi. Shunday holatda go’dak aravachadan tashqarida bo’layotgan hodisalarni ko’rishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.