Amerikada ingliz tili darsi bo’yicha mashhur plastinka bor. Tulki haqidagi she’r matni bir maromda chalingan shunday musiqa bilan birga keladiki, men kabi yoshi katta odam ham raqsga tushib ketadi. So’zlar o’z-o’zidan bir maromdagi musiqa sabab hech qanday tayyorgarliksiz yoki maxsus ta’limsiz oson eslab qolinadi. Afsuski, Yaponiyada tilni musiqa yordamida o’qitish texnikasi ishlab chiqilmagan. AQShda bolalikdan tilni o’rganish uchun bolani majburlash o’rniga qiziqtirishga harakat qilish orqali katta yutuqlarga erishiladi.
Ko’pchiligimiz “o’qish” so’ziga salbiy munosabat bildiramiz. Salbiy munosabatimiz sababi shundaki, bizning ongimizda o’qish o’z irodasiga qarshi bo’ysundirish ma’nosida tushuniladi. Ammo o’qish rohat olish bilan eslanishi lozim, shundagina biz katta yutuqlarga erisha olamiz. Masalan, bir rohibning uch yoshli O’g’li hech bir mashaqqatsiz barcha sutralarni o’rganib oldi, chunki otasi har kuni ertalab ularni kuylar edi. Ammo agar uni yodlashga majburlashganda, bu bola uchun juda qiyin masalaga aylanar edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.