Bola uchun mutlaq tartibli uyda yashash zararli bo’lsa-da, men uyda tartibsizlik bo’lishi kerak deb ta’kidlamayman. Bir necha marotaba aytganimdek, uning miyasida faol ravishda andaza (stereotip) hosil bo’ladi va bu uni ranglar, shakllar joylashgan tomonga jalb qiladi.
Shakllarni tanish qobiliyati doimiy takrorlash natijasida rivojlanishiga asosan men “Bir predmetni doim bir joyda topa olsa, boshqa ko’nikmalarni ham o’rganishda bo’lgani kabi, unga ijobiy ta’sir ko’rsatadi” degan xulosaga keldim.
Bu haqda Jan Piaget professori Montessori xonim ko’p hayotiy misollar keltiradi. Masalan, besh oylik bolani bolalar aravachasida sayr qildirib, sariq devordagi oq marmar toshbosma (litografiya) tomon yuzlanganda bola uni ko’rib quvonadi. So’ng har kuni shu tomonga yuzlanib bola toshbosma oldiga kelganda ko’zlari chaqnab ketadi. Bundan tashqari, doim ko’rib o’rgangan stol tepasidagi qizil soyabon olib qo’yilganida bola yomon holatga tushadi, hammomda cho’miltirilayotganda o’ng tomonni chap tomonga almashtirganda kasalga o’xshagan horg’in holatda qoladi, stul tepasidagi yostiq holati o’zgartirilsa, yig’laydigan bola bir qolipdagi muhitning o’zgarishini sezadi.
Bola o’z hayotidagi har bir o’zgarishga o’ta ta’sirchandir. Ba’zida go’dak o’zidan o’zi yig’lashni boshlaydi, ishtahasi yo’qoladi, harorati ko’tariladi. Bu alomatlar uning atrofida bo’lgan o’zgarishlarga nisbatan ta’sirlanishi bo’lib, katta odam buni payqamasligi mumkin.
Boshqacha aytganda, har qanday o’zgarishlar bolaning tartib to’g’risidagi tasavvurini izdan chiqaradi. Agar bu o’zgarishlar unga yoqmasa, albatta, o’z munosabatini bildiradi. Biz tushunishimiz shartki, katta odamlarga nisbatan yosh bolalar o’zgarishlarga ko’proq ta’sirchan bo’ladilar. Go’daklar narsa-buyumlarni alohida emas, balki bir-biri bilan bog’liqlikda qabul qiladilar. Bu, o’z navbatida, ularning rivojlanishiga ko’mak beradi. Shuning uchun biz, kattalar, bolaning atrofdagi barqarorlik va tartib to’g’risidagi tushunchalarini buzishi mumkin bo’lgan keskin o’zgarishlardan yiroq turishimiz zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.