Atrofga nazar solsangiz, asrlar davomida ishlatilgan qancha oddiy o’yinchoqlar mavjud ekanidan taajjubga tushasiz. Ular loy, kesish uchun va shakllar yasash uchun rangli qog’ozlardir.
Bu materiallar bir umumiy xususiyatga ega – ular ma’lum shakl yoki belgilangan maqsadga ega emas. Boshqacha aytganda, ularga istalgan shaklni berish mumkin. Xuddi shuning uchun ular aqliy qobiliyat tez rivojlanadigan go’daklik davridagi bolalar uchun eng maqbul o’yinchoqlardir. Bola bu materiallar bilan xayoliga kelgan narsasini qilishi mumkin. Tasavvur qilaylik, biz bir yoshga to’lmagan chaqaloqqa loy va qog’oz berdik. Bola hech qanday maqsadsiz, biror narsa yasash niyati bilan emas, faqat o’rganish uchun ularni ushlaydi. Ammo qo’lida ushlaganida ularning shaklini o’zgartiradi va hayrat bilan bu o’zgarishlarni kuzatadi. Buning o’zi bebaho tajribadir.
Bu yoshda go’dak loy va qog’ozni qayta-qayta g’ijimlab ushlab bu jarayondan zavq oladi. Ongli ravishda harakat va natija o’rtasidagi sabab va oqibat aloqasini tushuna boshlaydi. Sekin-asta u loyga shakl berishga va qog’ozdan kemacha yasashga harakat qila boshlaydi. Bu o’yinchoqlarni bolaning rivojlanish bosqichiga qarab oddiy va murakkab predmetlarga aylantirish mumkin.
Go’daklikdan har xil narsalar yasashni boshlagan bola o’z tengdoshlaridan turli malakalarni egallashda sezilarli darajada o’zib ketadi. Bu yerda gap uning tajribaga ega ekanligida yoki loydan narsa yasashni yaxshi ko’rishi yoki yomon ko’rishida emas, balki bu ish uning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini uyg’otganidadir. Mohir qo’llar va o’zlikni namoyon qilish – bular birinchi, ammo yagona bo’lmagan narsa yasashdagi ko’nikmalardir.
Plastilin, loy yoki boshqa materialdan biror narsa yasash, qog’ozdan naqshlar kesish va shakllar yasash bolada ijodkorlik kayfiyatini uyg’otadi….
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.