Biz bilamizki, insonda beshta sezgi a’zosi bor: ko’rish, eshitish, hidlash, ta’m bilish va teri sezgisi. Ammo unda oltinchi hissiyot – ichki sezgirlik (intuitsiya) ham bor. Oltinchi hissiyot tufayli, masalan, ko’pgina ayollar erining xiyonati haqida aniq biladilar. Agar jiddiy gapirsak, ichki sezgirlik – bu biror-bir e’tiborga loyiq muvaffaqiyatning muhim shartidir. Oltinchi hissiyoti bor insonlarni men “sezgisi kuchli odam” deb aytaman.
Barcha buyuk ixtirochilar, ulkan bilim va tajribalariga qaramay, ichki sezgilariga ham tayanganlar. Ichki sezgirlik beshta sezgi o’rnini bosadi. Shuning uchun u eng qadimgi va asosiy (fundamental) hissiyot hisoblanadi. Ichki sezgirlikni yana mantiq va sog’lom fikr chegarasidan chiquvchi “hayvoniy tuyg’u” deb ham atashadi.
Avval aytib o’tganimdek, bola uch yoshgacha hayvonga yaqinroq bo’ladi, ya’ni u mantiqan fikrlay olmaydi va o’z his-tuyg’ulariga tayanadi. Buni yodda tutish va uning hissiy rivojlanishini rag’batlantirish juda muhimdir. Qandaydir ko’nikmalarni o’rgatish orqali ularni so’ndirish, unga mantiq va dalillar asosida ta’sir ko’rsatmaslikka harakat qilish zarur.
Bunga alohida misol kerak deb hisoblayman. Doktor Suzuki yozgan kitobida hissiyotni rivojlantirishning muhim jihatlari hisoboti olingan holati ko’rsatilgan. Bu doktor Suzuki Shugun ismli ko’zi ojiz bolaga skripka o’rgatgan paytidagi holatdir.
Boshida skripkaning shaklini ham bilmaydigan, qorong’i dunyoda yashaydigan bolaga juda mohirona texnik usullar kerak bo’lgan. Skripkaning musiqiy ijrosi u kabilar uchun imkonsiz deb o’ylagan bo’lsa-da, javobgarlikni o’z bo’yniga olib, o’qitishdi barcha usullarni qo’llab, sabr bilan unga ustozlik qildi. Suzuki dastlab skripka tutqichini o’ng-chap, tepa-pastiga harakatlantirib mashq qildirdi. Keyin chap qo’l kaftini skripka tutqichiga qo’yib, skripki tutqichini ko’rsatgan. Boshlanishida bola noto’g’ri joyini ko’rsatdi. Ikki hafta o’tib ikki-uch marta to’g’ri ushladi. Nihoyat, kaftida uzoq vaqt, kichik bosh barmog’ida bir marta bo’lsa ham juda aniq ushlaydigan bo’ldi. Bir yillik harakatlar natijasida Sadakazu har kuni jamoat zalidagi konsertda mutlaqo oson bo’lmagan kuyni ajoyib tarzda ijro etdi. Bu, shubhasiz, uning skripka holatini qalb ko’zi bilan ko’ruvchi oltinchi hissiyotning mashq qildirilgani g’alabasidir.
Ichkr sezgirlik beshta hissiyot yig’indisi bo’lgani sababli uni rivojlantirish ularning barchasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.