AQShda chop etilgan “Go’dakni tarbiyalashda inqilob” kitobida quyidagi tadqiqot keltirilgan.
Vashingtonda tayyorlangan maxsus o’qituvchilar 15 oylik o’ttizga yaqin chaqaloqlarni tarbiyalash va o’qitish uchun asosan qora tanlilar yashaydigan kambag’al hududlarga, muassasalar hamda oilalarga yuborildilar. O’qituvchi yakshanbadan tashqari har kuni bolalar bilan bir soat vaqt davomida o’ynar va suhbatlashardi. Psixolog doctor Erl Sheferning tushuntirishicha, bu tadbir bolalar aqliy qobiliyatini rivojlantirish, ayniqsa, nutqiy qobiliyatini o’stirish maqsadida o’tkazilgan. Bu kabi tadqiqotlar 14 oylik bolalar bilan ham olib borildi.
Ushbu go’daklardan ikki yosh-u uch oylik bo’lganida olingan testlar natijalari ularning “aqliy rivojlanish darajasi”, ayniqsa, nutqiy rivojlanish holati tadqiqotda ishtirok etmagan tengdoshlari bilan solishtirganda ancha yuqori bo’lganini ko’rsatdi.
Demak, ertadan kechgacha ishda band bo’lib, farzand tarbiyasiga umuman e’tibor qaratmaydigan bunday oilalardagi bolalarning aqliy qobiliyatini ham rivojlantirish mumkin. Endi tasavvur qiling, ota-onalar o’z farzandlari tarbiyasiga ko’proq ahamiyat beradigan va ular bilan doimo o’ynaydigan oilalarda qanday natijalarga erishish mumkin?
Taxminan ikki-uch oylik chaqaloq kulishni boshlaydi, bijirlaydi va atrofida sodir bo’layotgan hamma narsani eslab qoladi. Biz ba’zida bolaning miyasida onasining eng oddiy so’zlari va harakatlari qay darajada iz qoldirishini anglay olmaymiz. Shuning uchun bolalari bilan ko’p shug’ullanuvchi onalar o’z farzandlarining aqliy rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadilar.
Masalan, yosh oila o’g’illik bo’lganida bir xonali uyda yashar edi. Xonadon shunchalik tor ediki, ona doimo o’z o’g’lining yonida bo’lib, u bilan ko’p suhbatlashar edi. Keyin oila uch xonali uyga kо’chib o’tdi. Shu orada ikkinchi farzand tug’ildi. Qizchaga onasining eng kо’р vaqti o’tadigan oshxonadan uzoqdagi eng tinch xona ajratildi. Katta o’g’il alohida so’zlarni yetti-sakkiz oyligida gapira boshlagan bolsa, uning singlisi o’n oyligida ham faqatgina bijirlay olardi. Buning ustiga, doimo kulib turadigan akasiga nisbatan singlisi tinch va indamas bo’lib o’sdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.