Sizlarga yana bir maslahat bermoqchiman: farzandingiz qancha mehnat qila olsa qilsin, ammo bir shart bilan, uning harakatlari natijasi siz uchun muhim bo’lmasin.
Go’dak uchun ish faoliyati natijasi emas, jarayonning o’zi muhimdir. Biz – kattalar esa har bir ish oxiriga yetkazilishini istaymiz. Bunda ish bilan ermak orasida farq ko’ramiz.
Bajarilayotgan ish qanchalik oson bo’lmasin, bolaga qanday qilishni ko’rsatish kerak. Ish ko’pincha o’yinda zarur bo’lmagan ehtiyotkorlik va diqqat jamlashni talab etadi.
Shuning uchun uyda bolaning oddiy mehnatdagi ishtiroki uning aql-idroki va harakatlantiruvchi qobiliyatlarining rivojlanishi uchun foydali. Tokio universiteti sobiq rahbari Kaya Seijiga bolaligida bog’dagi otlarni o’rgatishlarida katta ma’no bor edi. Bolani skripka, ingliz tili, musiqa kabi mashg’ulotlarga berishdan tashqari yaqinimizdagi bog’da o’rgatsa bo’ladigan mehnatlar – o’t o’rish, sug’orish, pol artish kabi osongina sanalgan yumushlar borligini ota-onalarimiz unutib qo’yishadi. Buni o’rganish oson va kundalik turmushga bevosita aloqasi bor. Albatta, bolani o’z holiga tashlab qo’yish mumkin. Bolaga o’ynashni emas, uyning oddiy yumushlarini bajarishga o’rgatish ancha qiyinroqdir. Ammo o’z hayotini yengillashtirish uchun “kichik bolalarni ishlatish zulm” deb hisoblaydigan ota-onalar o’z farzandlarini mehnatdan mahrum qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.