Yaponiyaning o’zida yiliga ikki milliondan ortiq bola tug’iladi. Qadim zamonlarda oilalarda qat’iy qoida – “Ko’payinglar”ga binoan, odatda, besh-oltita farzand ko’rilardi. Hozir oilada o’rtacha ikkita farzand bor. Boshqacha aytganda, bu ikki million bolaning ko’pchiligi oldindan rejalashtirilgan edi. Bu bolalar omadli – ularning tug’ilishini istashgan. Ammo ularning barchasi zarur parvarish va ta’lim olishadimi? Afsuski, yo’q. Farzand tug’ilishini ota-onalari oldindan rejalashtirishsa ham, u dunyoga kelganida o’z holiga tashlab qo’yishadi. Shubha yo’qki, bola umrining dastlabki uch yilida uning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish zarur. Hozirda ko’pgina onalar homiladorlikni hech bir jiddiy sababsiz tugatmoqdalar.
Abort (bola oldirish) – bu yovuzlik, hayotning tirik urug’ini yo’q qilishdir. Musavvir Manabe Hiroshi bolani dunyoga keltirib, tarbiyasini o’z holicha tashlab qo’yish holatini “abort” deb nomlaydi. Jamiyat abortni qoralaydi, ammo unga faqat hayot berib, uning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydigan ota-onalarni qoralamaydi. Fikrimcha, bu abortdan ham dahshatli yovuzlik va uni hech oqlab bo’lmaydi. “Abort” qilishga qanday sabab bo’lmasin, uni oqlab bo’lmaydi. “Abort” natijasida keyinchalik yigirma yil, o’ttiz yil o’tib uyingizda baxtsizlik hukm suradi.
Misol uchun, Amerikada qoradorini batamom yo’q qilishga chaqirsalar ham, bunga erisha olmasliklariga sabab yigirma, o’ttiz yil avval u yerda ota-onalar “abort” qildirganlar deyishadi. Xuddi shu holat Yaponiyada ham paydo bo’lmasligini istar edim. Buning uchun bolani dunyoga keltirgandan so’ng ota-onaning roli qanchalik muhimligini ta’kidlamoqchiman. “Abort”ga zinhor ruxsat berilmaydi.
Urushdan keyin Yaponiyada boshqa mamlakatlardagi kabi yashash juda og’ir bo’lgan edi. Shuning uchun ko’p bolalar kerakli parvarishsiz ulg’aydilar. Hozirgi sharoitda bolalarga nisbatan bunday e’tiborsizlikni sira oqlab bo’lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.