“Men bola bilan shu qadar bandmanki, uning ta’limiga vaqtim yo’q. Turli ideal nazariyalar bo’lmasin, uni amalga oshirib bo’lmaydi”. Onalar ko’pincha mening maslahatlarimga shunday javob beradilar. Aminmanki, bola parvarishlash bilan unga ta’lim berish – alohida-alohida ajratilmaydigan bitta narsa. Har kuni bolani parvarish qilishingiz unga ta’lim berayotganingizning aynan O’zidir. Sizning muhabbatingiz, munosabatingiz unga ta’sir ko’rsatadi. Ba’zi onalar o’z farzandlari uchun ishlashlarini ta’kidlaydilar, boshqalari esa eng muhimi bolani oziqlantirish deb o’ylaydilar. Bola uchun eng yaxshi tarbiya onasining mehr-muhabbatidir. Ota-onalar uchun eng muhim mashg’ulot bolalar tarbiyasidir. Agar ular bunga rozi bo’lmasalar, nega farzand ko’rdilar?
Ayollarning inson sifatida o’ta jiddiylik bilan biron narsani o’ylaydigan payti – bu homiladorlik davri deyishadi. Orzu qilgan tug’ilajak farzandi haqida o’ylab: “Bola uchun ota-ona bo’lamiz”, – deb tayyorgarlik ko’rishadi. Ammo tug’ilgandan so’ng, nihoyat, bitta ishim tugadi degan o’yda bo’ladilar. Lekin yosh niholni o’stira olmaydigan quyosh nuri bo’lib, suv quysak-da, ota-ona bo’lib qolaveramiz. Bir ishimiz bitgandan keyin ikkinchi katta ishimiz kutib turadi. Ayollarimiz uchun bolani dunyoga keltirib, sog’lom voyaga yetkazish aql va tana bilan bajaradigan eng katta majburiyatdir.
Doktor Suzuki ko’p ota-onalar bilan yuzma-yuz suhbatlashganda quyidagilarni aytadi: “Boshqa ishlar bilan band bo’lib bolaga qaray olmasangiz, buni nima deyish mumkin? Bu dunyoda bolaga qarashdan boshqa yana qanday muhim ish bo’lishi mumkin? Agar bundan ham muhimroq ishingiz bo’lsa, nega bolani dunyoga keltirdingiz? Uni ellik yildami, oltmish yildami tugatganingizdan keyin bolani dunyoga keltiring edi”. Ota-onaning roli qay darajada muhimligini bundan lo’nda ifodalagan boshqa fikrni men bilmayman.
Erta ta’lim deb ataluvchi eng katta mas’uliyatli ishning bosh ijrochisi otalar ham, ustozlar ham, jamiyat ham emas, bolani dunyoga keltirgan onalardir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.