“Tillar bo’yicha daho sanalmish aka va singil ingliz, ispan, italyan, nemis, fransuz tillari: besh til hamda o’z tajovuzkor otalarining tilini ham bilardilar”. Ko’plab yaponiyaliklar gazetada “Tajovuzkor ota” sarlavhasi ostida paydo bo’lgan shov-shuvli xabarni eslashsa kerak. Maqola janob Masao Nagata haqida edi. U o’qituvchilik kasbini tashlab, o’zini uy begi deb e’lon qildi va o’z hayotini farzandlari tarbiyasiga bag’ishladi.
O’sha paytda uning o’g’li ikki yarim yoshda, qizi esa uch oylik edi. Bolalar hali juda yosh bo’lgani sababli “qattiqqo’l” tarbiyachi ota noroziliklarga uchradi. Masalan, katta hajmdagi ma’lumotlar bolalarga og’irlik qiladi va asabiy fe’l-atvor egalariga aylanib salbiy natijalar keltirib chiqaradilar qabilidagi fikrlarni bildirganlar ko’p bo’ldi.
Tanqidlar asossiz ekanligini Nagataning baxt-saodat ila gullab-yashnayotgan oilasiga qarab ham anglash mumkin edi. Bu o’rinda otani ishini tashlab, o’zini butunlay farzandlari tarbiyasiga bag’ishlaganini to’g’ri yoki noto’g’ri deya hukm chiqarish noo’rin bo’lsa kerak.
Muhimi janob Nagata tatbiq etgan go’daklarning aqliy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi o’qitish uslubidir. U shunday deydi: “Men ularga ingliz, ispan, italyan, nemis, fransuz tillarida so’zlashuvni o’qitishni deyarli bir vaqtda boshladim. Radioda fransuz tili darslari ingliz tilida tushuntirib borilar edi. Shuning uchun men agar ko’pgina tillar bir paytda o’rgatilsa, o’qitish usulini umumlashtirish mumkin degan qarorga keldim.
Xuddi shu vaqtda farzandlarim pianino chalishni o’rganishayotgan edi. Ular chalishni o’rganayotgan notalar italyan tilida izohlangan, tarjimasi esa ingliz, nemis va fransuz tillarida edi. Agar ular izohlarni tushunmasalar, chalishni ham bilmas edilar. Men ularga turli tillarni o’rgatishim sabablaridan biri ham ana shunda edi. Mendan ko’pincha: “Bolalar besh tilni bir vaqtda o’rganish davomida chalkashganmilar?” – deb so’rardilar. Fikrimcha, yo’q: ular axir tillardan to’g’ri foydalanishgan. Biz xorijiy tillar bilan faqat radio orqali shug’ullanar edik. Bu radioeshittirishlarni juda muloyim boshlovchilar olib borar edi. Talaffuz mashqlari uzoq vaqt davomida takrorlanardi. Bolalar о’zlari gapirganida hamma narsani to’g’ri talaffuz qilar edilar (“Erta rivojlanish”, 1970-yil may). Demak, taxmin qilish mumkinki, uch yoshgacha bo’lgan bola miyasining ma’lumotni qabul qilish qobiliyati katta odamnikiga nisbatan ustunroq. Faqat unga “ko’proq berish” yoki qiziqish uyg’otishdan qo’rqmaslik kerak: yosh bola miyasi, shimgich (bosma qog’oz) kabi bilimni o’ziga “shimib” oladi, agar to’lib ketganini sezsa o’chadi va yangi ma’lumotni qabul qilishni to’xtatadi. Biz xavotir olishimiz kerak bo’lgan narsa bolaga ma’lumot ko’p berayotganimiz emas, balki bolani aqlan to’laqonli rivojlantirish uchun ma’lumotning juda kam taqdim etayotganimizdir. Janob Nagata buni o’z shaxsiy tajribasida sinovdan o’tkazgani fikrimiz dalilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.