Bolalar va kattalar orasida idrok qilish va sezishdagi farq ular birga rasmli hikoyalar va ertaklarni o’qishni boshlaganlarida seziladi. Montessori xonim – bolalar erta ta’limining buyuk kashshofi bo’lgan buyuk italiyalik ayol. U o’z kitobida yosh bolaning xatti-harakatini misol sifatida keltiradi. Ona o’zining bir yarim yoshlik bolasiga har xil hayvonlar va ov sahnasining rangli rasmlarini berdi. Bola Montessori xonimning rasmlarini ko’rsatib, o’ning yosh bola tilida “mashina, mashina” deb takrorladi. U esa mashinaga o’xshagan biror narsani topa olmagach, savol ohangida: “Bu yerda mashina yo’qmi?” – dedi. Go’dak esa faxr bilan: “Mana u”, – deya barmog’i bilan rasmni ko’rsatdi. Shunda u rasmga diqqat bilan qaradi. Rasmda kuchuk, ovchi, ot va orqada yo’lga o’xshagan chiziq va unda bir nuqtani topdi. Bola o’sha nuqtani ko’rsatdi va: “Mashina”, – dedi. Haqiqatan ham, u mitti mashina edi.
Madam Montessori yana bir misol keltiradi. Ona bir yarim yoshlik o’g’liga rasmli “Sambo” kitobini berib, ertakni aytib berdi. “Sambo ismli qora tanli bola tugilgan kuniga berilgan sovg’alarni olib yo’l yoqalab ketayotgan edi. Yo’lda u yovvoyi hayvonlarga to’qnash kelib qoldi va ularga barcha sovg’alarini oldirib qo’ydi. U yiglab yubordi va uyiga ketdi. Ammo uyda otasi va onasi uni tinchlantirishdi. U xursand bo’lib, katta bayram pirogi turgan stol atrofiga o’tirdi, xuddi shu oxirgi rasmdagi kabi”, – deb ertakni tugatdi onasi va kitobni yopdi. Kichkintoy o’g’li: “Yo’q, u yig’layapti”, – deb e’tiroz bildirdi va orqa muqovani ko’rsatdi. Sambo u yerda yig’lagan holatda tasvirlangan edi.
Shunga o’xshash holatni men yozuvchi Sono Ayakoning qisqa hikoyasida o’qigan edim. U otasining ishi Shimoliy Yevropaga ko’chirilib, oilaviy u yerda yashay boshlagan juda yosh bir bolaning hikoyasi edi. Do’sti ham yo’q bo’lib, yolg’izlikda har kuni kitob o’qir edi. Bu tog’ rasmi bo’lgan kitob edi. Unda bola tez orada noma’lum sababga ko’ra telba bo’lib qoladi. Keyin bu rasmli kitobning oxirgi varog’i yo’qolib qolib, ertak g’ayrioddiy shaklda tugab qolganini tushundim.
Yosh bolaning idrok qilishi o’z-o’zidan paydo bo’ladi va u ko’pincha kattalarga o’zboshimchalik bo’lib ko’rinadi. Shuning uchun biz bolalar bilan muloqot qilayotganda taxminiy fikrlardan voz kechib, xolis fikr yuritishimiz va o’z tasavvurimizni ishga solib dunyoga bolalar kabi qarashimiz kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.