Ehtimol, har biringiz maktab davringizni yaxshi eslarsiz? Sinfdagi oʻtkir zehnli oʻquvchi hech qanday mashaqqatsiz sinf yetakchisi boʻlar, ayni paytda, boshqa bir oʻquvchi qancha harakat qilmasin, bilim olishda ortda qolardi.
Bizning oʻquvchilik paytimizda oʻqituvchilar bizlarni shunday ragʻbatlantirar edilar: “Aqllimisan yoki yoʻqmi, bu naslga bogʻliq emas. Barcha narsa oʻz xatti-harakatingga bogʻliq». Ammo shaxsiy tajribamiz a’lochi doimo a’lochi, ikkichi esa doim ikkichi ekanini koʻrsatardi. Xuddi qobiliyat avvaldan belgilab qoʻyilgandek. Bu nomuvofiqlikni qanday hal qilish kerak? Olimlar kelgan xulosa shundan iboratki, insonning qobiliyat va fe’l-atvori tugʻilganida belgilanmay, Uning aksariyat qismi hayotining ma’lum davrida shakllanadi. Qadimiy bahslardan biri: insonni uning nasli shakllantiradimi yoki u oladigan ta’lim va tarbiyami? Ammo bugungi kunga qadar biror-bir ishonchli nazariya bu bahslarga chek qoʻymadi.
Nihoyat, bir tarafdan, miyaning fiziologik tadqiqoti, ikkinchi tomondan, bolalar psixologiyasini oʻrganish natijalariga koʻra, bola aqliy qobiliyatining rivojlanish kaliti – bu uning birinchi uch yilda, ya’ni miya hujayralarining rivojlanish davrida olgan shaxsiy tajribasidir. Barcha insonlar dunyoga bir xil holatda keladi, ya’ni hech bir bola oʻtkir zehnli yoki nodon boʻlib tugʻilmaydi.
Tugʻilgandan boshlab oladigan ta’lim-tarbiyasi sabab, noyob qobiliyatga ega boʻlaman desa, noyob qobiliyat egasi, yomon qobiliyatga ega boʻlaman desa, shunday boʻlish ehtimoli yoʻq emas. Biroq istagan payt, masalan, ulgʻaygach, biror noyob qobiliyat sohibi boʻlaman degani samara bermaydi. Tugʻilgandan uch yoshgacha boʻlgan oraliqda insonning qobiliyati va fe’l-atvori deyarli shakllanib boʻladi. Shuning uchun maktabga borganida qobiliyatli bola bilimni hech qanday qiyinchiliksiz, qobiliyati yetarlicha shakllantirilmagani esa doim uzoq vaqt sarflab, mashaqqat bilan oʻzlashtirishiga toʻgʻri kelishi adolatsizlikdek koʻrinsa-da, lekin bu hech qachon yoʻqotib boʻlmaydigan holat sanaladi.
Barchasi bola kelajagini hal qiluvchi hayotiy bosqich, ya’ni uch yoshgacha boʻlgan davrdagi goʻdak miyasining rivojlanish darajasiga bogʻliq. Shuning uchun ham tugʻilishdan uch yoshgacha boʻlgan davr va berilgan ta’lim juda muhimdir. Ayni paytda, farzand tarbiyasini uning bolalar bogʻchasiga chiqish davriga qadar qoldirish juda kechdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.