AQL KUCHI
Yigitchaning ro’yhatida birinchisi Karen Seldson ismli ayol edi. U vaqtini o’tkazmay, kollejdan qaytgan zahoti unga sim qoqdi. Yigitcha ayolga o’zi haqida gapirib berdi. Ular ertasi kuni soat uchda uchrashishga kelishishdi.
Ertalabdan beri yigitchaning miyasida ilk uchrashuv qanday natijalanar ekan, degan savol tinimsiz aylanardi. Seldson xonim turmushga chiqqan va uning ikki nafar farzandi bor edi. U kasalxonada ruhiyatshunos bo’lib ishlardi. Yigit ruhshunoslikning sog’liqqa qanday aloqasi borligiga aqli yetmasdi. Uning fikricha, ruhiyatida hech qanday muammo yo’q edi.
Shunday qilib, siz Salomatlik qonunlari to’g’risida bilmoqchimisiz?- so’radi Seldson xonim.
-Nima, shunday qonunlar rostdan ham bormi?- o’z o’rnida qiziqdi yigitcha.
-Albatta bor. Xuddi butun tabiat boshqaradigan qonunlar kabi, – javob berdi Seldson xonim. Salomatlik qonunlari doimo mavjud bo’lgan, har holda, yer yuzida odamzot paydo bo’lgandan beri ular bor. Bu qonunlardanboxabar bo’lsak, biz har qanday kasallikni yengishimiz va ko’pchiligimiz orzu qilgan sog’lomlik darajasiga yetishimiz mumkin.
Salomatlikning juda ko’p omillari mavjud, lekin ulardan biri- boshqalaridan ko’ra yaxshiroq o’rganganim va mening hayotimga ko’proq ta’sir ko’rsatgani aql kuchidir.
-Nima uchun aql shunchalik muhim rol o’ynaydi? – so’radi yigitcha.
– Chunki aql butun vujudingizni nazoratda tutadi. Siz uning kuchini har kuni ko’rishingiz mumkin.
– Ijozatingiz bilan sizga ba’zi narsalarni ko’rsatsam – qo’shimcha qildi u. – Bir daqiqa ko’zlaringizni yumingda, limonni tasavvur etishga harakat qiling.
Yigit stulga suyanib, ko’zlarini yumdi.
-Ha, limonni ko’ryapman, – dedi u.
-Endi esa limonning bir bo’lagini tishlayotganingizni tasavvur eting. Yigitning afti burishib ketdi va rostdan ham limon bo’lagini tishlagan kabi og’zining tanobi qochib, tishi qamashib ketganini sezdi.
– Aqlingizda qanday kuch joylashganini endi ko’ryapsizmi? – so’radi Seldson xonim – Siz bor- yo’g’i limon yeyishingizni tasavvur qildingiz, tanangiz esa rostdan ham limon yeganday ta’sirlandi. Bu sizning tafakkuringizni nazorat etuvchi aql kuchidir, tafakkuringiz esa o’z o’rnida tanangizda nimaiki ro’y bersa, barchasini nazorat qiladi. O’sha kuchdan og’riq kamaytirish, terini toshmalardan tozalash va boshqa kasalliklarni, shu jumladan, saratonni ham davolashda foydalanishimiz mumkin.
Bu haqda ilk bora eshitganimda, xuddi siz kabi ishonchsizlik bilan munosabatda bo’lgandim. Lekin ishoning, aqlim kuchi hayotimni saqlab qoldi. Bundan o’n yil muqaddam shifokorlar menga yomon sifatli miya o’smasi tashxisini qo’yishdi. Jarrohning aytishicha, o’sma shunchalik kattaligidan uni hatto operatsiya qilish xatarli ekan. Hech qanday chora ko’rishning iloji yo’q edi, shifokorlarning ma’lumotiga ko’ra, bir yilgina umrim qolibdi. Qanchalik umidsizlikka tushganimni tasavvur eta olasizmi?! Men haqiqatan o’limga tayyorlanardim, lekin ko’rib turganinggizday, hali ham tirikman.
Yigitcha badanidan sovuq ter chiqib ketganini sezdi. Agar u o’z sezgilari haqida o’ylab ko’rganida, aql tanaga qanday ta’sir ko’rsatishining yana bir namunasini fahmlar edi.
Bir necha daqiqadan so’ng Seldson xonim uni to’xtatib, “Xo’sh o’zingizni qanday his etmoqdasiz?” deb so’radi.
Yigit shu zahoti xayolida qizil no’xtagulli tasmalarga o’ralgan Pushti fillarni tasavvur qildi.
– Nimani nazarda tutayotganingizni angladim, – javob berdi yigit. – U haqda o’ylamaslikning iloji yo’q ekan. Shu tariqa men sog’ ekanim to’g’risidagi dalillarni takrorlagan sari o’zimni salomat holda tasavvur etishga majbur bo’laman.
– To’ppa-to’g’ri, – javob berdi ayol. – Sog’aytiruvchi dalillar – doimiy takrorlaganingiz tufayli miyangizga o’rnashuvchi shunchaki bayonotlar tasviri.
Ayol shu so’zlarni aytarkan, tokchadagi naqshinkor bezakli likopchani qo’liga olib, “Mana bu yerda hammasi aytilgan”, dedi
Likopchaga mana bunday so’zlar bitilgandi:
Kimda kim ishonsagina, g’alaba qozonadi.
Tomas EMERSON
Shu kuni kechqurun yigitcha kundalik daftariga quyidagi so’zlarni yozib qo’ydi:
Salomatlikning birinchi siri – sog’lik va kasallikning asosi aqlimizga joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.