Biz bir necha bor ta’kidlaganimizdek, skripka chalish darslari yoki chet tilini o’rganish mashg’ulotlari bolani daho qilib o’stirish uchun emas, balki uning umumiy aql-zakovatini rivojlantirishga ko’maklashishdir. Bola uchun o’z diqqat-e’tiborini faqat bir narsaga qaratgandan ko’ra o’zini kengroq sohalardagi turli mashg’ulotlarda sinab ko’rish foydaliroq.
Boshqa tomondan, agar bola bir sohada muvaffaqiyatga erishsa, bu unda o’ziga ishonch uyg’otadi va u boshqa mashg’ulotlarda yaxshiroq natijalarga erishadi.
Bu kabi misollar juda ko’p. Doktor Suzukining sinfida uch yoshli juda uyatchan, yig’loqi bola bor edi. U boshqa bolalarga nisbatan yomonroq gapirar, uning ustidan kulishar va o’yinlarga qo’shishmasdi. O’sha bolaga skripka chalishni taklif qilishganida yig’lab yuborardi, hatto skripkaga qo’l ham tekizmasdi.
Sabr-toqatli doktor Suzukining mashg’ulotlariga bir necha oy qatnaganidan keyin bola skripka chala boshladi, olti oydan so’ng esa pissikatoni hammadan yaxshi ijro etadi. Bu unga o’z kuchiga ishonch uyg’otdi. U o’z shaxsiy tashabbusi bilan shug’ullanib ota-onasini taajjublantirdi. Shuningdek, boshqa ishlarda ham kirishimliroq va harakatchan bo’lib qoldi. U ko’pincha o’zini dirijyor qilib ko’rsatardi, qo’shni bolalar orasida tashabbuskor bo’lib oldi. Uning nutqi butunlay to’g’rilandi.
Bu kabi misollar faqatgina bolalik davriga tegishli emas. Men talabalik davrimda boshqa fanlarni yomon ko’rar edim. Ingliz tilini yaxshi ko’raman deydigan g’alatiroq bola bo’lardi. Ingliz tili avval mutlaqo yangidek tuyulgan, keyin sekin-asta shug’ullanish orqali so’zlarni yaxshi yod ola boshlagan. Keyin u boshqa fanlarga ham qattiq kirishib, yaxshi natijalar ko’rsatdi. Ayniqsa, chet tilidagi so’zlashishlar o’ziga ishonchini oshirish bilan birga uni yaxshi ko’rib, unda yanada ravon gaplashadigan bo’ldi.
Shu tarzdagi o’zgarishlar katta odamlar bilan ham yuz beradi, ammo ruhiy kechinmalan chuqur bo’lmagan yosh bolalarda bunday o’zgarishlar ancha osonroq kechadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.