Inson idroki yetgan va ishongan barcha narsaga… erishishi mumkin.
Adam JEKSON
Kelajak shifokori dori buyurmaydi. Balki bemorda o’z vujudi, kasallik sabablari hamda uning oldini olish imkoniyatlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi.
Tomas EDISON
BEMOR
Universitet kasalxonasi yo’lagiga chiqib, shifokor xonasi eshigini ochayotgan yigitchaning chehrasi bo’zarib, qo’llari titradi. U qadamini bosgan sari quvvati tobora tark etayotganday tuyular, ko’zlari xiralashib, yanada shishinqiraganday edi.
Kasalxonaga kiraverishdagi ulkan oynadan ko’rinib turgan kuchli jala tinimsiz savalardi. Go’yo tomchilar uning miyasidagi “Nima sababdan aynan men?” degan og’riqli savol bilan hamohang urilardi.
Hammasi juda tez, go’yo bir kun ichida sodir bo’lganday edi. Uning kollejdagi birinchi o’quv yili yaxshi o’tgandi, u barcha imtihonlarni topshirib, eng yuqori ball oldi. Uni porloq kelajak kutib turganiga qaramay, hayotdagi eng bebaho narsa-salomatligini yo’qotgandi.
Ko’pchilik o’z salomatligiga sira e’tibor bermaydi. Aksariyat insonlaro’z vujudidan ko’ra mashinalariga ko’proq e’tibor bilan qaraydi, yigitcha ham shular toifasidan edi.
Lekin salomatlikka umrbod bepisand qarab bo’lmaydi. Bu albbatta ziyon bo’lib qaytadi bizga. Qahramonimiz uchun ham shunday bo’ldi. Hozirgina u shifokorning “Qo’limizdan hech narsa kelmaydi, bu bedavo dard”, degan daxshatli so’zlaridan bo’lak hech narsa eshita olmasdi. Endi u hech qachon avvalgi holiga qaytmaydi.
Qo’rqib ketgan, umidini yo’qotgan va yolg’izlikda qolgan yigit anchadan beri qilmagan ishi-duo o’qishni boshladi. Ba’zan ibodat qilish sirli kuchlarni o’z ichiga oladi- ko’rinmas quvvat, ruhni ilohiy kuchlar bilan bog’laydi va modomiki, u Xudoga qaratilgan astoydil iltijo ekan, u har qanday kasallikni yengadi, har qanday muammoga yechim topadi.
Aql va ruhning ilohiy kuchlar bilan qilgan muloqoti xotirjamlik keltirib, har qanday tanglikdan xalos etadi va mo’jiza ro’y berib-ibodatga javob yo’llanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.