Donishmandlik va baxtli bo‘lish haqidagi hayotingizni o‘zgartiruvchi zamonaviy zarbulmasal
Siz baxt izlab butun olamni kezib chiqasiz, u esa doim yoningizdab har qanday insonning qo‘li yetguday masofadadir…
Goratsiy
Xaqiqiy Baxt g‘am-u hasratning yo‘qligida emas, balki quvonch, mamnuniyat va hayotdan lazzat tuyishdan iborat. Bu inson doimiy ravishda rohat-farog‘atda yurishi kerak, degan ma’noni bildirmaydi. Axir hayotimizda shunday damlar bo‘ladiki, shaxsiy yo‘qotishlarni boshdan o‘tkazamiz, ular tabiiy ravishda musibat, anduh va ko‘ngil qolishlarini keltirib chiqarmay sira iloji yo‘q. Lekin bu iztiroblarni yengib o‘tishga ko‘maklashuvchi vositalar mavjudki, ko‘pincha hayotiy sinovlar va kulfatlarni g‘alabalarga aylantirishga qodirmiz.
Adam Jekson
Xartforshid
1995-yil, mart
RULDAGI ODAM
Radioboshlovchi tinglovchilarga oddiy va ochiq savol bilan murojaat qildi: “Siz baxtlimisiz?”
Bu so‘zlar kutilmaganda yigitni o‘z hayoti haqida o‘ylashga majbur qildi. U dabdurustdan umrida aynan nima yetishmayotganini so‘z bilan ifodalay olmasdi: uning salomatligi durust, yaxshigina ishi bor, maoshi to‘lovlarni to‘lash va goh-gohida mayda-chuyda, quvonchli voqealarga sarflashga doim yetadi, uning yaqin do‘stlari va suyumli oilasi bor. Bularning barchasiga qaramasdan, ich-ichidan o‘zini loqayd, tushkunlikka tushgan, hayotdan bezganday sezardi. Unga nimadir yetishmasdi, lekin o‘sha narsaning nimaligini o‘zi bilmasdi, hayoti qandaydir o‘ta muhim narsadan mosuvoligi ayon edi holos. U hayotini bayon etishiga juda ko‘p so‘zlar mavjud, lekin “baxt” so‘zi ular qatoriga kirmagani aniq.
Qachonlardir Toro: “Ko‘pchilik insonlar o‘z umrini osuda tushkunlikda kechiradilar”, deb aytgan so‘zlarini yigit aynan o‘z hayoti haqida ifodalanganini hayolidan o‘tkazdi. Har bir kun boshlanishidan to nihoyasiga qadar tinimsiz kurashdan iborat. Ko‘ngilsizlik va og‘ir kechinmalar bu kunlarga doimiy yo‘ldoshdek tuyulardi.
Huddi shu lahzada yigitning o‘ylari bo‘lindi – bu safar mashina kapotidan ko‘tarilayotgan dud sabab bo‘ldi.
Yigit mashinasiga yaqinlashgan chog‘da uning yonida qandaydir odam turganini ko‘rdi. Bu oq kombinezon va sariq beysbol kepka kiygan keksa xitoylik edi.
- Bo‘pti, qani ko‘raylik-chi, deya chol yenglarini shimargancha kapotga yaqinlashdi va motorni ko‘ra boshladi. Bir necha daqiqadan so‘ng uboshini ko‘tardi-da, yigit tomon o‘girilib, yana jilmaydi. – Tashvishlanishga hojat yo‘q.
Motorni kovlashtirishda davom etib, chol qandaydir kuyni xirgoyi qilardi.
- Ko‘rinishidan, sizning kuningiz yaxshi o‘tganga o‘xshaydi, – dedi yigit.
- Mening yoshimga yetganingizda, – dedi qariya, – yer yuzida o‘tkazayotgan har bir kun yaxshi bo‘ladi. – u boshini yigit tomonga o‘girdi. – Agar sizni mening fikrim qiziqtirayotgan bo‘lsa, hayot juda qisqa va g‘oyat qadrli, uni yoqimsiz hislarga sovurish yaramaydi, degan bo‘lar edim. Insonning o‘rtacha umri 76 yil ekanini bilasizmi? Bu axir bor yo‘g‘i 3952 hafta! Uning 1317 haftasi uyquda o‘tadi. Bu umr kechirish uchun atigi 2635 hafta yoki 63240 soat qoladi degani.
Chol qo‘lidagi asbobni chetga qo‘ydi-da yigitga yuzlandi:
- Xo‘sh, sizni nima baxtli qilishi mumkin? – so‘radi u.
Yigit bir zum o‘yga cho‘mdi.
- .. Aytaylik, ko‘proq pulim bo‘lsa, – javob berdi yigit.
Chol qutisidan yana bir asbobni oldi va yigitga yuzlandi.
- Siz rostdan ham pul baxt keltiradi, deb hisoblaysizmi? – qiziqdi u.
- Bilmadim, har holda, u maishiy jihatdan yaxshi sharoitlarni ta’minlaydi.
- Izohlaringiz chakki emas, – istehzo bilan gapga qo‘shildi chol. – Lekin eng qulay sharoitdagi baxtsizlik ham baxtsizligicha qoladi! Hatto eng zo‘r hashamatli sharoitda ham go‘yo umuman hech narsangiz yo‘qday siz o‘zingizni baxtsiz his etishingiz mumkin. Agar pul baxt keltirganida edi, millionerlar dunyodagi eng baxtli insonlar bo‘lardi, lekin barchamizga ma’lumki, boylar huddi qashshoqlar kabi baxtsizlik va tushkunlikdan yaxshi boxabarlar. Pulga moddiy boylik sotib olish mumkin, masalan, mana bunday mashinani – lekin bu o‘ziga diqqatni vaqtinchalik tortadi. Buyumlar hech qachon haqiqiy baxt keltirmaydi.
- Mening yurtimda baxtsiz toshyo‘narning hayotda o‘zgacha yashashni istagani haqidagi voqeani so‘zlaydilar. Bir kuni u boy savdogarning uyiga borib qolibdi, uning barcha boyliklarini ko‘rib, shaharda bu savdogar qanday obro‘-e’tiborga egaligini payqabdi. Toshyo‘nar savdogarga havas qilib, unga o‘xshashni orzu qilibdi. O‘shanda oddiy toshyo‘nar bo‘lib qolishimga to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘ylabdi.
Ittifoqo, uning bu istagi vojib bo‘lib, birdaniga savdogarga aylanib qolibdi va juda ko‘p hashamatli buyumlarga ega bo‘libdi. Hech qachon hatto orzu ham qilmagan hukmronlikka erishibdi. Lekin endi bechorahol kishilar unga baxillik qila boshlashibdi va undan nafratlanishibdi, endi uning dushmani tasavvur etganidan ham ko‘proq ortib ketibdi.
Keyin u atrofini xizmatkorlar va askarlar qurshagan yuksak martabali shaxsni ko‘rib qolibdi. Bu buyuk va qudratli kishi qarshisida barcha kishilar tiz cho‘kardi. U butun podshohlikda eng obro‘li va hurmatga sazovor inson edi. Savdogarga aylangan toshyo‘nar endi ana shu hukmdor singari, shuncha xizmatkor va qo‘riqchilarga ega bo‘lish hamda eng kuchli hokimiyatga erishishni istab qoldi.
Uning niyati yana ro‘yobga chiqdi. Qarshisida barcha tiz cho‘kadigan, podshohlikdagi eng yuksak martabali kishiga aylandi. Lekin o‘sha hukmdor ayni paytda eng zolim va badjahl bo‘lgani bois uni shuncha askar qo‘riqlardi. Buning ustiga quyosh tafti hukmdorni o‘zini g‘oyat bebaxt va ahamiyatsizday sezishga majbur qilardi. U ko‘kda charaqlab turgan qaynoq oftobga qarab: “ U qanchalik buyuk! Men quyosh bo‘lishni istardim!” – debdi.
Shunday istak bildirgan zahoti u nurlarini yerga taratuvchi quyoshga aylanib qolibdi. Lekin kuchli shamol turib yer yuzi bulutlar ortiga yashirinibdi. “Men shamol kabi kuchli bo‘lishni istayman”, degan o‘y hayolidan o‘tgan zahoti u shamolga aylanibdi. Ammo daraxtlarni ildizi bilan qo‘poruvchi va butun boshli qishloqlarni yakson qiluvchi shamol ham qoya bilan to‘qnashgan chog‘da unga kuchi yetmabdi. Bahaybat qoya tosh qimir etmasdan shiddatli hamlaga qarshilik ko‘rsatibdi. “Bu tosh juda mustahkam ekan” – debdi shamol. – Men shu tosh kabi metin bo‘lishni istayman!”
Shunda u eng kuchli shamollarga dosh bergan kattat toshga aylanibdi. Endi yer yuzida eng zo‘r kuchga aylanganidan keyin, nihoyat, u o‘zini baxtli deb bilibdi. Ammo shu payt qandaydir jaranglagan tovush chiqarayotganini eshitibdi. Bolg‘aning qoyaga urilib, uni mayda bo‘laklarga bo‘layotgani ma’lum bo‘libdi. “Mendan-da kuchli kim bo‘lishi mumkin?” o‘ylabdi tosh. Xarsangtosh tepasida esa … toshyo‘nar turardi.
Ko‘pgina odamlar o‘z umrlarini baxt izlab o‘tkazadilar, uni qaerdan izlash zarurligini bilmaganlari bois, sira topolmaydilar. Sharqqa qarab quyosh botishini ko‘rib bo‘lmaydi; seni qurshagan narsalar orasidan axtarsang, baxtni topish amri mahol.
Chol mashinani ta’mirlashni tugatdi-da yigit ga yuzlandi.
- Baxt – hayotning buyuk tuhfalaridan biri va unga har bir kishi yetishishi mumkin. Tushunyapsizmi, baxtni topmaydilar, uni yaratadilar. Shart-sharoitlardan qat’i nazar, har bir inson o‘z baxtini yaratishga qodir.
- Lekin baxtni qanday yaratish mumkin? – so‘radi yigit.
- Insoniyat qonunlarga bo‘ysunadi, aniq qonunlar narsa va hodisalarni tabiiy ravishda boshqaradi. Tabiatda hamma narsa – to‘lqin tebranishlaridan tortib quyosh chiqishi va botishi-yu fasllar almashinuvi – bularning barchasi shu qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ulardan ko‘plarini olimlar ixtiro etishdi – yerning tortish qonuni, o‘zgaruvchanlik qonuni, magnitizm qonuni. Lekin hali kashf etilmagan qonuniyatlar ham mavjudki, ular orasida baxtli bo‘lish qonuni ham bor.
- Baxtli bo‘lish qonuni? – takror so‘radi yigit. – Bu nima?
- Bu o‘nta doimiy tamoyil. Agar ularga to‘liq amal qilinsa, baxt yaratishga yordam berishi tayin. Insoniyat sivilizatsiyasining ming yillari davomida kishilar boyliklarga yerishishga intilganlari bois bu qonuniyatlarga mensimagan munosabatda bo‘ladilar va vaqt o‘tgan sari, bu qonunlar yoddan chiqdi. Ularga ishonishni davom ettirgan oz kishilargina bu qonunlardan boxabarlar. Shu sababli ular yendilikda “sirli” bo‘lib qoldi…
U varaqqa qaradi. Bu o‘nta ism va o‘nta telefon raqam yozilgan ro‘yxatdan iborat qog‘oz edi.
Birinchi sir
MUNOSABATLAR QUVVATI
Yigitning ro‘yxatidagi birinchi odam Barri Kesterman ismli kishi edi. O‘sha kuni kechqurun yigit janob Kesterman bilan uchrashgan chog‘ida yozgan qisqagina yozuvlarini qayta o‘qidi.
Haqiqiy Baxtning birinchi siri – munosabatlar quvvatidir.
- Mening baxtim hayotga bo‘lgan munosabatimga asoslangan.
- Mening aqlim qay darajadagi baxtga chog‘lansa, o‘shancha baxtiyorman. Shu lahzadan boshlab o‘z aqlimni baxtni tuyish uchun yo‘naltiraman.
- Agar natijaga umid qilsam, unga yetishishga, albatta, harakat qilaman!
- Baxt – bu har qanday lahzada, har qanday joyda, hamma yoqda o‘zim tanlashim mumkin bo‘lgan imkoniyat.
- Har bir anduhning ijobiy ahamiyati mavjud nuqtai nazarni topish mumkin.
- Shu lahzadan e’tiboran har bir narsa va hodisaning ijobiy jihatlarini izlay boshlayman.
- Haqiqiy baxtning negizi shukronalikdir. Shu lahzadan boshlab shukronalik bildirishga arzigulik narsalarni izlayman.
- Zinhor tashqi shart-sharoitlar emas, faqat fikr-u o‘ylarim meni baxtli yoki baxtsiz qiladi.
- O‘z fikrlarimni boshqararkanman, baxtimni ham boshqaraman.
Ikkinchi sir
TANA QUVVATI
Yigitning ro‘yxatidagi ikkinchisi Rodni Grinuey ismli kishi edi.
- Tanamizni harakatga keltirayotgan chog‘da bir oz emotsional holatimizni o‘zgartiramiz. Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanmaydigan kishilarda mushaklarning kichrayishi va jismoniy quvvatsizlik vujudga kelishi yaxshi ma’lum. Ularning suyaklari kalsiy moddasini yo‘qotadi va bunday kishilarning bemahal o‘limga duchor bo‘lish xavfi muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanuvchi kishilarga nisbatan ikki barobar yuqoridir…
- Aerobika mashqlari. Savol berishingizdan avvalroq shuni aytmoqchimanki, Jeyn Fondaning uslubiga rioya qilish unchalik shart emas, – dedi jilmayib janob Grinuey. – “Aerobika” so‘zining tub ma’nosi “kislorod bilan mashqlar” demakdir. Bunda har qanday harakat faoliyati, nafas olish katta rol o‘ynaydigan har qanday sport turi, masalan, suzish, velosipedda uchish, tez yurish va hatto raqs ham kiradi, degan gapdir.
Haqiqiy Baxtning ikkinchi siri – tana quvvati.
- Harakat sezgilarga ta’sir qiladi.
- Jismoniy mashqlar stresslarni yengillashtiradi va badanda o‘zimizni yaxshi sezishga ko‘maklashuvchi kimyoviy reaksiyalarni paydo etadi.
- Muntazam ravishda – imkon boicha, har kuni kamida 30 daqiqa davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmoq darkor.
- Mening hissiyotlarim qaddi-bastimga ta’sir etadi. Tananing bardamligi baxtiyorlik hissini paydo qiladi.
- Baxtiyorlik hissini istagan lahzada “langar” yordamida anglab chiqarish mumkin.
- Ovqatlanish o‘zimizni qanday his qilishimizga ta’sir etadi. Qahva choy, alkogol, qandga boy oziq-ovqatlar va sun’iy qo‘shimchalardan uzoqroq bo‘lish zarur hamda ho‘l meva va sabzovotlar, donli va dukkakli oziqlarni ko‘proq iste’mol qilishga harakat qilish kerak.
- Tabiiy yorug‘lik yetishmasligi ruhiy tushgun ahvolga olib kelish mumkin.
Uchinchi sir
LAHZA QUVVATI
Yigit janob Braun bilan uning shahar markazidagi studiyasida suhbatlashardi.
- Men bo‘lib o‘tgan voqeadan karaxt ahvolda yaqindagi o‘rindiqqa o‘tirdim, – davom etardi so‘zida janob Braun. – Keksa xitoylik yonimga kelib o‘tirdi va ahvolimni so‘radi. Ancha o‘zimga kelganimni aytdim. “Sizning o‘limingizga bir bahya qolgan edi”, dedi u. “Ha, buni bilaman. Raxmat sizga, dedim men. Hayotimni saqlab qoldingiz”. Ko‘chaga chiqqanimda unga aqlim butunlay o‘zga savollar bilan band bo‘lganini aytib berdim, uning birgina gapi meni jiddiy o‘yga chulg‘adi. Mening mamlakatimda shunday deydilar: “Yashash kerak bo‘lgan yagona joy – shu yerda; yashash kerak bo‘lgan yagona vaqt – hozir”, dedi.
- Barcha hotiralarimiz lahzalardan iborat. Biz yillar, oylar va hatto kunlarni yodda tutmaymiz – faqat lahzalarni esga olamiz. Shu sababli faqat bir lahzadan yaxshisini olgan taqdirdagina mazmunli umrga erishishimiz mumkin. Basharti lahza o‘ziga xos mo‘jizaviy hisoblansa, demak hayot ham shunday lahza boshqa takrorlanmaydi, shu bois yaxshisi, qo‘limizdan kelgani – hozirgi lahzadan imkon qadar ko‘proq olishdir. Bu haqda hech qachon unutmang va garchi hozir kechirayotgan lahzadagi umringiz siz kutayotganday barcha narsalarni o‘z ichiga olmasa-da, bularning hammasi shu lahzada sizda bor narsalar.
- Basharti baxtli bo‘lishni istasak, – davom etdi janob Braun, – “shu yerda va hozir” bo‘lgan bor narsamizni qadrlashimiz zarur. Bugun qabul qilingan qarorlar ertaga ro‘yobga chiqadi. Muammolar vujudga kelishi maromida ularni yechish va bartaraf etilgandan so‘ng ularni unutishga o‘rganishimz darkor Tomas Karleyl yozganidek, “eng asosiy vazifamiz – yiroq masofada yashiringanlarga tikilavermay, aniq ko‘rinib turgani bilan ishni bitirishdir.”. Agar inson yiroqdagikelajakka e’tiborini jamlasa, o‘zini ma’yus sezadi va ruhiy tushkunlikka tushadi. Ko‘pchilik hali ro‘y bermagan va extimol, hech qachon ro‘y berishi ham mumkin bo‘lmagan voqealar to‘g‘risida tashqishlanishga vaqt sarflaydi. Farang faylasufi Monten yozgan: “Umrimning katta qismi hech qachon ro‘yobga oshmagan daxshatli baxtsizlik bilan limmo-limdir”. Aynan shu sababdanham ko‘pchilik behalovatlik va stresslar girdobidadir – ularning “buguni” kecha tashqishlantirgan ertasi namoyon bo‘ladi. Ularning kechayotgan lahzasida o‘tmishdan afsuslanish hamda kelajakdan havotirlanishga o‘rin yo‘q. Ortda qolgan va oldinda kutilayotganlarga murojaat etishning o‘rniga qarshimizdagiga e’tiborni jamlash zarur.
- Mana shuning uchun ham lahzada yashash – faqat kechayotgan lahza bilan hisoblashmoq – xavotir va qo‘rquvni yengishning eng yaxshi usulini egallamoqni anglatadi.
- Iso payg‘ambardan inson qanday ibodat qilishi zarurligini so‘rashganda, u ibodat qilayotib quyidagi so‘zlarni aytgan: “Rizq-ro‘zimiz bo‘lgan nonni bugungi kun uchun ber”. Erta uchun emas, keyingi haftaga yoki keyingi yil uchun emas – faqat bugunga.
Haqiqiy Baxtning uchinchi siri – lahzada yashash quvvati.
– Baxt yillar, oylar, haftalar va hattoki kunlar ichida yashiringan emas, lekin uni har bir lahzada topish mumkin.
– Har bir lahzadan yaxshisini sug‘urib olsakkina, umrimizni mazmunli qilishga erisha olamiz.
– Xotiralar o‘ziga xos fursatlardan iborat, bunday lahzalarni imkon qadar ko‘proq yig‘avering.
– Kechayotgan lahzadagi hayot afsus-nadomatni yo‘qotadi, xavotirni yengib o‘tadi va stressni kamaytiradi.
– Esingizda bo‘lsin, har bir yangi kun yangi muqaddima, yangi umrdir.
To‘rtinchi sir
O‘ZI HAQIDA TASAVVUR QUVVATI
Insonni yoshi emas, aqli keksaytiradi. Xitoylik bilan so‘zlashish shunchalar maroqli ediki, to‘rtta aftobusni o‘tkazib yubordim. Kishi har qanday yoshda, qaysi dinda bo‘lmasin va tanasining rangidan qat’i nazar, o‘z baxtini yarata olish layoqatiga ega bo‘lishga ko‘maklashuvchisirlar, Haqiqiy Baxt sirlari meni butunlay sehrlab qo‘ydi.
Bir baxtsiz inson menga: “Bolaligimda otamdan uning so‘zlash tartibi, qiyofasi, fikrlari…onamdan esa otamga nisbatan nafrat ruhi o‘tgan!” deb aytgan so‘zlarini xotirlayman. Albatta, o‘z haqimizdagi tasavvurlar hali ilk bolaligimizdanoq shakllana boshlaydi. Biz kimligimiz va nimaga qodirligimiz, qanday bo‘lishimiz kerakligini hali bilmaymiz va buni atrofdagilar, kattalardan, bizni yaxshi ko‘radigan donishmand insonlardan o‘rganamiz.
Inson hayoti davomida erishishi mumkin bo‘lganlarning eng yaxshisi – o‘zini anglash ekanini bir joyda o‘qigandim, chunki faqat o‘shandagina butkul erkin bo‘ladi. O‘zgalar uning gardaniga bo‘yinturuq qilib ilmoqchi bo‘lgan cheklash va qoidalardan ozod bo‘ladi. Qanday yashashni istasa, shunday umr kechirishga imkon topadi…baxtli bo‘ladi.
Haqiqiy Baxtning to‘rtinchi siri – o‘zi haqidagi tasavvurlar quvvati.
- “Inson o‘zi haqida qanday o‘ylasa, aslida shundaydir”, deydilar. Biz o‘zimizni qanday deb hisoblasak, huddi shundaymiz. Agar o‘zimdan norozi bo‘lsam, demak, butun umrimdan norozi bo‘laman. Shu sababli baxtli hayotga erishish uchun o‘zidan mamnun bo‘lishga o‘rganish lozim.
- Har bir inson noyobdir. U g‘olib hisoblanadi, chunki uch yuz milliondan bir imkoniyat aynan shu kishining tug‘ilishiga to‘g‘ri keldi.
- Odamlar bizning aksimizni ko‘rsatuvchi qiyshiq ko‘zgulardir.
- O‘ziningizdagi nuqsonlar va o‘z haqingizdagi salbiy qarashlaringizni yengish hamda ijobiy qiyofangizni yaratish uchun quyidagilar zarur:
- Salbiy tasavvurlar qanday yuzaga kelgani va ular adolatli ekanini aniqlash (agar ular asosli bo‘lsa, o‘zingizni o‘zgartirishga kirishmoq darkor);
- Siz qanday odam bo‘lishni istashingiz haqida har kuni o‘zingizga ijobiy qarashingizni aytaverish; qanday inson bo‘lishni istasangiz, o‘zingizni shunday tutish; o‘zingizdagi qaysi jihatlar va qaysi fazilatlar uchun hurmat qilishingizni o‘zingizdan so‘rash.
Beshinchi sir
MAQSAD QUVVATI
Maqsadlar umrimizga ma’no va mazmun baxsh etadi. Albatta, ularsiz ham yashashmumkin, lekin hayotda baxtli umr kechirishimiz uchun unda ma’no bo‘lishi zarur. “Maqsadsiz, – deb yozgandi admiral Berd, – kunlarimiz xuddi bema’ni yo‘qotilganday tamom bo‘ladi…
- Siz qachon bo‘lsa ham Xelen Keller haqida eshitganmisiz?
- Ha, Qarang, tasavvur qilasizmi, o‘tgan haftada eshitdim. Menga aytdilarki, u ko‘r va gung bo‘lishiga qaramasdan, hayotni g‘oyat sevar ekan.
- To‘g‘ri. Nima uchun uni sevishini bilasizmi? – so‘radi doktor Frenks. – Chunki u o‘z hayotiga ma’no kiritdi. Nogironligiga qaramay bahtli yashashni qanday uddalayotgani haqida undan so‘rashganda, javobi shunday bo‘ldi: “ Ko‘pchilik insonlar baxt to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur yuritadi. O‘z istaklarini qondirish yo‘li bilan bahtga erishib bo‘lmaydi, qo‘yilgan maqsadga sadoqat zarur”. Inson qalbining eng asosiy ehtiyoji umrni anglash zaruriyatidadir, maqsadlar bizga aynan shuni in’om etadi.
Haqiqiy Baxtning beshinchi siri – maqsad quvvati.
- Maqsadlar umrimizga ma’no va mazmun baxsh etadi.
- Agar maqsadga ega bo‘lsak, fikrimizni azob-uqubatlardan qutilishga emas, rohat-farog‘atga erishishga jamlaymiz.
- Maqsadlar har tongo‘rnidan turishga arzigulik sababga aylanadi.
- Maqsadlar og‘ir davrlarni osonroq, dorilamon kunlarni yanada yoqimliroq qiladi.
Oltinchi sir
HAZIL-MUTOYIBA QUVVATI
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, kulayotgan chog‘imzda qonimz tarkibidagi stress garmonlari – adrenalin va kortizon darajasi pasayadi va natijada kamroq havotirlanamiz, o‘zimizni bebaxt sezavermaymiz.
Haqiqiy Baxtning oltinchi siri – kulgi quvvati.
- Haqiqiy-mutoyiba stresslarni yengillashtiradi va baxt tuyg‘usini chaqiradi.
- Kulgi diqqatni jamlash qobiliyatini kuchaytiradi va masalalar yecha bilishni yuksaltiradi.
Oltinchi sir
KEChIRISh QUVVATI
Aytishlaricha, vaqt jarohatlarni bitirar emish. Lekin unday emas. Yillar o‘tgan sari jahl va alam,odatda, kamaysada, lekin biz kechirishga tayyor bo‘lmasak, ular qalbimizni hech qachon tark etmaydi. Yo‘q, kechirimlilik kaliti yillarda emas, u anglashda yashiringan. Hindularning Siu qabilasida ajoyib duo bor: “O, buyuuk Ruh, ikki hafta mobaynida huzurida bo‘lmagunimcha insonga nisbatan biron bir ajrim aytish va ayb qo‘yishdan meni asragin.
Haqiqiy Baxtning yettinchi siri – kechirish quvvati.
- Kechira bilish Haqiqiy Baxt eshigini ochish kaliti hisoblanadi.
- Agar ichingizda nafrat va alamlar qolgan bo‘lsa, baxtli bo‘lishning iloji yo‘q. Jabr-u sitamlaringizdan boshqa hech kim aziyat chekmasligini yodingizda tuting.
- Adashish va omadsizliklar hayot saboqlari hisoblanadi. Boshqalarni kechiring. O‘zingizga nisbatan kechirimli bo‘ling.
Sakkizinchi sir
HADYa QUVVATI
Haqiqiy Baxtning sakkizinchi siri – bera olish quvvati.
- Biror narsaga erishish va o‘zi uchun nimanidir xarid qilish bilan baxt topish mushkul. U o‘zgalarga bera olish va yordam berishda yashiringan.
- O‘zgalar uchun qanchalar ko‘p quvonch va baxt keltirsak, unga o‘zimiz shunchalar ko‘p ega bo‘lamiz.
- Har kuni atrofdagilarga hadya etish uslublarini izlagancha shaxsiy baxt yaratish mumkin.
To‘qqizinchi sir
O‘ZARO MUNOSABATLAR QUVVATI
Haqiqiy Baxtning to‘qqizinchi siri – o‘zaro munosabatlar quvvati.
- Hayotning mazmuni odamlar orasidagi o‘zaro munosabatlar sifati bilan belgilanadi.
- Hech kim kimsasiz orolda yashamaydi. Har bir odam boshqa insonlarga nisbatan ehtiyoj sezadi.
- Yaqin o‘zaro munosabatlar dorilamon zamonlarni yanada ajoyibroq, og‘ir davrlarni esa osonroq qiladi. Baham ko‘rilgan quvonch – ikki barobar ortiq quvonchdir, birov bilan bo‘lishilgan muammo esa yarmi qolgan muammodir.
O‘ninchi sir
IShONCh QUVVATI
Haqiqiy Baxtning o‘ninchi siri – ishonch quvvati.
- Ishonch haqiqiy Baxtning poydevori hisoblanadi.
- Ishonchsiz davomli baxt bo‘lishi mumkin emas.
- E’tiqod odamda ishonch uyg‘otadi, aqlni tinchlantiradi va qalbni shubha, tashvish, behalovatlik va qo‘rquvdvn xalos etadi.