Ко’p bor ta’kidlaganimizdek, bunday mashg’ulotlarning asosiy maqsadi musiqa yoki xorijiy til darslari kabi bolaga biror narsani o’rgatish emas, balki uning cheksiz imkoniyatlarini rivojlantirishdir. Badiiy obraz o’yinlari ham shu maqsadga xizmat qiladi. “Qobiliyatlarning ochilishi – mashhur shaxslarning yoshlik davri” kitobi mualliflari britaniyalik er-xotinlar kitob so’ngida quyidagi xulosaga kelganlar: “Har bir bola, qobiliyatidan qat’i nazar, o’ziga e’tiborli munosabat, rag’bat va yordamga loyiq, ijtimoiy yoki irqiy kelib chiqishidan qat’i nazar, u o’zidagi eng yaxshi narsalarni maksimal rivojlantira olsin. Biz, kattalar, bunday tushunchani unga berishimiz va ko’maklashishimiz kerak, bu esa vaqt va sabrni talab etadi”.
Bolalar yozuvchisi Goro Maki teatr tomoshalarida rol o’ynash bolalar ijodkorligini rivojlantirishning eng yaxshi usullaridan bir deb hisoblaydi. Ammo, afsuski, bolada teatr tomoshalaridagi ishtirokning ijobiy ta’siri tezda namoyon bo’lmaydi, doimo tezkor natijalarni kutuvchi ota-onalar esa bundan umidsizlanib qolishlari mumkin. Men teatrda о’ynaydigan va spektakllar yozadigan bolalarning rivojlanishi kuzatilgan natijalarni ko’rganman. Boshlang’ich maktabning birinchi va ikkinchi sinflarida ular o’rtacha yoki o’rtadan ham past o’qishgan, ammo tezda oldinga o’tib, boshqa bolalarni ancha ortda qoldirishgan.
Men bolalarga teatr tomoshalarida maymunga taqlid qilib o’ynashni taklif etmayapman. Men, qalamlar yoki musiqiy asboblardan farqli ravishda, tana harakatlari va so’zlar orqali o’zlikni namoyon etishlarini nazarda tutyapman.
Albatta, yoshlik davrida teatr tomoshalarida rol o’ynagan bola katta bo’lgach odamlar oldida ajoyib tarzda o’z fikrini ifodalay oladigan bo’lishi isbotlangan. Lekin hammasidan ham muhimi bolalar orasida kurtak ochayotgan tasavvur qilish qobiliyati va orzularining to’g’ri shakllanishi, ularni do’stlari bilan bir xil ish-harakat bajarishi mobaynida namoyon qilishidadir. Aslida, “o’yin” – bu o’zini erkin namoyon etish kerak bo’lgan faoliyatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.