Ayollarning tanasidagi og’riq retseptorlari erkaklarnikiga qaraganda ikki baravar ko’p hisoblanadi, ammo ularning og’riqqa chidamlilik ko`rsatkichi erkaklarnikiga qaraganda yuqori bo`ladi. Xotira faoliyatini yaxshilashga xizmat qiluvchi estrogen gormoni erkaklarning ham, ayollarning ham organizmida mavjud bo`lib, ayollarda nisbatan ko’proq uchraydi. Jufti halolini 20 soniya davomida quchoqlash, ularda kuchli baxtiyorlik hissi hamda o’ziga bo’lgan ishonchni uyg`otadi. Miyaning umumiy hajmiga ko’ra, ayol kishining miyasi erkak miyasidan 10 % kichik hisoblanadi. Biroq, bu farq ularning aql-idrok darajasiga ta’sir ko`rsatmaydi.
“Quality Value Convenience” nomli televizion kanal tomonidan o’tkazilgan so’rovnoma natijalari shuni ko’rsatdiki, Buyuk Britaniyalik ayollar kun davomida to’qqiz marotaba o`zlarining tashqi qiyofalari to`g`risida o’ylaydi hamda hech bo’lmaganda lab bo’yog’idan foydalanmasdan turib uydan chiqmaydi. Ayollarning 30 foizi o`ziga oro berishni uyquga ketishdan oldin amalga oshiriladigan asosiy jarayon deb ta`kidlaydi, 16 foizi esa, uyqudan uyg’onish bilanoq bajarilishi lozim bo`lgan faoliyat turi sifatida qaraydi.
Buyuk Britaniyaning Matalan nomli online savdo kompaniyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko`ra, ayollar har kuni ertalab qanday turdagi kiyim kiyishni tanlashga o’rtacha 15 daqiqa vaqt sarflaydi. 2491 nafar ayollarning ovoz berish natijalari kompaniya tomonidan o`rganilganida, oddiy ayol ushbu faoliyatga umrining 287 kuni, ya`ni deyarli bir yilini sarflaydi. Tadqiqot shuni ham aniqladiki, har kuni ertalab, ayollar qanday turdagi kiyim kiyish borasida yakuniy qarorga kelguniga qadar ikkita libosdan foydalanadi.
18 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan 3000 nafar ayol o’rtasida olib borilgan so’rovnoma natijalariga ko`ra, har o’n ayoldan to’rt nafari sir tuta olmasligini ta`kidlagan. Oddiy ayol hafta davomida kamida uchta g’iybat va mish-mishlarni eshitadi va uni kamida yana bir kishiga aytadi. O’n nafar ayoldan uch nafari doimiy qistov ostida bo`lganliklari sababli sirlarni oshkor etadi, uchdan ikki qismi bu ishni qilganidan keyin o’zlarini aybdor his qiladi, faqatgina to’rtdan uch qismigina o’zlarini sir saqlash borasida to’liq ishonchli deb biladi. Bundan tashqari, har o’n nafar ayoldan to’rt nafari do’stlarining sirlarini notanish insonlar bilan bo’lishishni ma`qul ko`radi.
Ayollar har kuni qariyb 20000 ta so’zdan muloqat davomida foydalanadi. Bu ko`rsatkich o’rtacha hisobda erkaklardan 13000 taga ko’pdir. Amerika Qo`shma Shtatlarining tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, ayol miyasida “til oqsili” deb nom olgan Foxp2 miqdori erkaklarnikiga nisbatan yuqori bo’lganligi sababli ayollar ko’proq gapiradi. Kalamushlar ustida o’tkazilgan laboratoriya tekshiruvida ushbu oqsil miqdori aynan urg`ochilarda yuqori ekanligi ayon bo`ldi.
Ayollar bir qarorga kelishi uchun erkaklarga qaraganda ko’proq vaqt sarflaydi, lekin qabul qilgan qarorlarida mustahkam turishadi. Ayollar stress holatlarini yengib o`tishda insonlar bilan muloqot qilish hamda ular bilan birgalikda mazmunli vaqt o`tkazish yo`lini afzal ko`radi, biroq ushbu vaziyatda erkaklar yolg`iz qolish yoki muammoni mushtlashuv yo`li bilan bartaraf etish tarafdoridir.
https://www.wattpad.com/815580151-psychology-facts-%E2%96%BC-psychological-facts-about-women
https://unbelievable-facts.com/2016/06/interesting-fun-facts-about-women.html
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.