Muvaffaqiyatli moda tendensiyalari fonida yillar o‘tsa-da, o‘zgarmas narsalar mavjud. Quyida ular haqida so‘z yuritiladi.
Kalta qora ko‘ylak
Ro‘yxatning eng avvalida kalta qora ko‘ylak turadi. Bu libosni 1926 yilda Koko Shanel o‘ylab topgan. Matoni turli shaklga solib, bezatilsa-da, ammo qora rang o‘z mohiyatini yo‘qotmaydi.
Oq bluzka
Bugun sizning garderobingizni egallagan oq ko‘ylak XIX asrda dastlab erkaklar kiyimi sifatida sotilgan. Hozirda klassik uslubdagi oq ko‘ylak ofisbop kostyum-shim, mini yubka, baland poshnali oyoq kiyim yoki krossovkalar bilan juda mos tushadi.
Plash
Dastlab Britaniyada 1901 yilda fabrika ishlab chiqaruvchisi Tomas Byorberri tomonidan ingliz armiyasi uchun plash tikiladi. Qulay, shamol va yomg‘irga chidamli bu kiyim piyoda askarlar uchun mo‘ljallangan edi. Keyinchalik aholi orasida ham mashhur bo‘ladi. Plashning ayollar uchun varianti 1950 yillarda paydo bo‘lgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Tufli
Zamonaviy shakldagi ayollar tuflisi Christian Dior moda uyida ishlagan dizayner Roje Vive tomonidan o‘ylab topilgan. Bu oyoq kiyimining asosiy xususiyati, xushbichim, hech qanday bezakciz, uchi qirrali ekanligida. Agar siz besh yo o‘n yildan keyin ham mos keladigan poyabzal olmoqchi bo‘lsangiz, bu shubhasiz, ilgakciz tuflilardir.
Ipak sharflar
Sharflar har doim mavjud bo‘lgan. Ammo ipak sharf modasi Hermes tomonidan ishlab chiqarilgan. U o‘zining birinchi brendini 1937 yilda chiqargan. Keyinchalik uning markasida minglab sharflar yaratilgan. Uni shlyapa bilan bezab yoki turli xil o‘rash orqali yangicha uslub yaratish mumkin. U hali yillar davomida ayollar uchun xizmat qiladi.
Jundan tikilgan lakonik jemper
Jundan tikilgan har qanday kiyim ko‘p yillar sizga xizmat qiladi. Ayniqsa qishning izg‘irin kunlarida issiqqina jundan qilingan bo‘yinli jemper garderobingizdagi sevimli kiyimlar qatoridan joy olishi shubhasiz.
Palto
Hech qachon urfdan qolmaydigan palto sizga uzoq vaqt xizmat qilishi uchun kashmir, alpaka yoki tuya junidan tayyorlanishi kerak. Palto uchun klassik ranglar – qora, kul rang, to‘q ko‘k va jigarrang.
https://daryo.uz/k/2020/08/05/abadiy-klassika-hech-qachon-modadan-qolmaydigan-7-narsa/
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.