Ko‘p pul topish-jasorat, uni saqlash-donolik, va uni mohirona sarflash-san’atdir.
Pul qaerga sarflanmoqda va nega u kerakli vaqtda cho‘ntagingizda yo‘q? Nima uchun barcha rejalaringizni amalga oshirish uchun mablag‘lar yetishmaydi? Qanday qilib mablag‘laringizni aql bilan boshqarish mumkin? Siz sotib ololmaydigan, lekin haqiqatan ham xohlagan narsani qanday sotib olish mumkin? Ushbu dolzarb savollarga javob topish maqsadida jahondagi tajribali moliyaviy maslahatchilar tomonidan shaxsiy va oilaviy budjetni tuzish, saqlash, pulni tejash, oqilona sarflash va jamg‘arish, shuningdek, keraksiz xarajatlardan qanday qutulish haqida olib borilgan tadqiqotlarga to‘xtalamiz. Va oxir-oqibat, qanday qilib o‘zingizni kundalik quvonchingizdan mahrum qilmasdan o‘z orzularingizga erishish mumkin.
“Qanchalik ko‘p ishlay boshlasangiz, oy oxirigacha shuncha kam pul qolaveradi” – tanish ibora! Har birimiz hech bo‘lmaganda bir marta “Pullarim qaerga ketdi? Men yaqinda maoshimni oldimku” degan savolni beramiz. Pullar bo‘lsa bizning noto‘g‘ri munosabatimizdan kerak bo‘lmagan narsalarga sarflanib ketadi. Oila budjeti – bu oilaga bir oy davomida kelib tushadigan ish haqi pullari, shuningdek turli hil yordam pullari va boshqa daromadlarning umumiy yig‘indisidir. Oila budjetni rejalashtirish – bu oilaning daromad va xarajatlarini to‘g‘ri hisob-kitob qilishdir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, daromad va xarajatlarining hisobini yuritmaydigan ko‘pchilik odamlar ular ishlab topadigan pullariga qaraganda ko‘proq xarajat qiladilar. Oilaviy budjetni to‘g‘ri boshqarish o‘z mablag‘laringizni nazorat qilishga va ortiqcha xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Masalan, agar siz biron bir narsani kreditga sotib olib, so‘ngra bir necha yil to‘lashga qodir bo‘lsangiz, bunda o‘z moliyaviy mablag‘laringizni boshqarishning to‘g‘ri yondashuvi – siz qarzsiz ham xuddi shunday narsani sotib olishingiz kerakligidir. Bu – faqat vaqt masalasi. Bunda siz kredit foizi bilan bog‘liq ortiqcha va samarasiz harajatlardan qutulasiz.
Psixologlarning ta’kidlashicha: inson boyligini his qilishi uchun u uchta narsani to‘g‘ri bajara olishi kerak:
1) Pul mablag‘larining kirimi va chiqimini rejalashtirish;
2) Pul ishlab topish;
3) Ularni sarflash.
Ko‘pchiligimizda moliyaviy resurslarimizni rejalashtirish, pul topish va uni sarflash bilan bog‘liq bilimlar yetarli emas, chunki bu to‘g‘risida, odatda, na ota-onalar tushintirishadi, na o‘qituvchilar dars berishadi. Shuning uchun biz ko‘pincha quyidagi muammolarga duch kelamiz:
1) Rejalashtirish bosqichida: moliyaviy “bulimiya” – (menga juda ko‘p pul kerak) yoki moliyaviy “anoreksiya” (menga pul kerak yemas);
2) Daromad olish bosqichida: moliyaviy “apatiya”, ya’ni voqea va hodisalarga loqayd bo‘lib qolish holati (men pul topolmayman va qila olmayman);
3) Sarflash bosqichida: moliyaviy “tartibsizlik” (pulni o‘zimga kerak bo‘lmagan narsalarga sarflayman), moliyaviy “qulf” (pul sarflashdan qo‘rqaman), moliyaviy “nolga intilish”(barcha pullarni sarf qilaman) .
Barchamiz boylik va moliyaviy mustaqillikka intilamiz. Ammo, afsuski, har kim ham xohlagan narsasiga yega bo‘la olmaydi. Bu yerda sabab past hayot darajasi yoki daromad yemas, balki shaxsiy moliyaviy mablag‘larni boshqarish uchun mantiqsiz yondoshuvda. Sizga oilaviy budjetni to‘g‘ri taqsimlashda va shaxsiy jamg‘armalar o‘sishiga yordam beruvchi 10 ta sirni keltirib o‘tamiz. Ehtimol sizda “qanday qilib kam ish haqim bilan pulni tejashim mumkin” yoki “bu oyligim bilan jamg‘arish uchun pulni qayerdan olishim kerak” kabi shubhali fikrlar paydo bo‘lishi mumkin. Ammo agar siz shaxsiy budjetingizni rejalashtirish va taqsimlashga oqilona yondashsangiz, siz o‘z moddiy ahvolingizni yaxshilash yo‘llarini topasiz.
Pul hisobni yaxshi ko‘radi, shuningdek, uning moliyaviy vositalarga (investitsiyalar, aksiyalar, obligatsiyalar yoki depozitlar) kiritilgan qismini ham hisobga oladi.
Bunday holda, biz ish haqi darajasi yoki boshqa daromadlar haqida emas, balki ularning xilma-xilligi haqida gapiramiz. Ushbu yondashuv o‘zingizni yanada ishonchli va barqaror his qilishingizga olib keladi. Aytaylik, siz ishdan bo‘shatildingiz, yoki yangi loyiha “muvaffaqiyatsiz tugadi” va siz zarar ko‘rdingiz. Va agar bu pul olishning yagona usuli bo‘lsa, unda moliyaviy tubsizlikka tushib qolish xavfi mavjud. Shunday qilib, bir nechta moliyaviy manbalarga (asosiy ish haqi, yarim kunlik ish joylari, ijara va sarmoyaviy daromadlar va boshqalar) yega bo‘lish yaxshiroqdir.
O‘sib boruvchi ehtiyoj qonuni shuni ko‘rsatadiki, qancha ko‘p pul topsak, shuncha ko‘p sarflaymiz. Har bir narsada bo‘lgani kabi, bu yerda ham o‘lchov muhim: qancha pul topsangiz ham, olingan mablag‘lardan kamida 5-10% kamroq sarflang. Bu sizga asta-sekin jamg‘armalarni yig‘ish va moliyaviy nochorlikdan qutilish imkonini beradi.
Moliyaviy inqiroz paytida “kamarni torting” degan maslahat o‘ta muhimdir, chunki bu sizga noxush hodisalar yuz berganda (asosiy daromad yo‘qotilishi yoki sezilarli yo‘qotish) barqarorlikni saqlab qolishga imkon beradi va jamg‘armangizni yo‘qotishdan asraydi.
Demak, kredit biznes uchun aylanma mablag‘lar oqilona ko‘paygan taqdirdagina yashash huquqiga yega. Bo‘lib to‘lash yoki kredit hisobiga amalga oshiriluvchi xaridlardan (avtomobil yoki maishiy texnika) voz keching, chunki bu sizning moliyaviy ahvolingizni yanada og‘irlashtiradi. Bunday xaridlarni jamg‘arish hisobiga amalga oshirish yaxshiroqdir.
Do‘konga xaridlar ro‘yxati bilan qanday qilib borishni o‘rganish juda muhimdir. Birinchidan, ro‘yxat sizni bir lahzalik “istak”laringiz bilan chalg‘itmaslikka imkon beradi va keraksiz narsalarga pul sarflamaysiz. Ikkinchidan, shu bilan siz nimani va qancha miqdorda sotib olish kerakligini yaxshiroq tushunasiz. Nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki maishiy vositalar hamda kiyim uchun ham ro‘yxat shakllantirilishi zarur.
Boy odam bo‘lish uchun siz o‘z kapitalingizni muntazam oshirib boring va passiv daromad keltiradigan qilib qo‘ying, chunki siz doimo ikki yoki uchta ishda faol ishlay olmaysiz. Qimmat kreditni to‘lash va shu bilan birga depozitda pulni past foizli stavkada, hatto “yostiq ostida” saqlash mantiqsizlikdir. Sarmoya kiritishni keyinroqqa qoldirmang. Axir biz sarmoyani qancha erta boshlasak, shuncha ko‘p pul ishlaymiz.
Karta bilan to‘lovlar (ayniqsa, ushbu karta kredit karta bo‘lsa!) harajatlarni berkitishga xizmat qiladi. Psixologik jihatdan ko‘rinmas va nomoddiy pulni sarflash hamyondan ma’lum bir banknotalar bilan bo‘lishishdan ko‘ra osonroqdir. Shuning uchun psixologlarning maslahati oddiy: naqd pul bilan to‘lash – shu bilan siz ko‘plab asossiz sarf-xarajatlardan qochishingiz mumkin.
Agar biz bolalar bog‘chalari va to‘garaklari uchun pul to‘lash haqida gapiradigan bo‘lsak, unda, albatta, bu yerda pulni tejash mumkin bo‘lmaydi. Ammo siz kommunal xizmatlar uchun to‘lovlardan tejashingiz mumkin. Oylik jamg‘arma siz uchun ahamiyasiz bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo agar siz uni 12 oyga ko‘paytirsangiz, natija ancha sezilarli bo‘ladi. Provayderingiz bilan shartnomangizni ko‘rib chiqing. Ehtimol, u internet va televizor uchun yanada foydali variantni taklif qilishi mumkin. Agar rejangizda siz foydalanmaydigan obuna bo‘lsa, ularni bekor qiling. Butun oila uchun bitta tashuvchini tanlang. Ko‘pincha, bir xil tarmoqdagi telefon orqali qo‘ng‘iroqlar hech qanday xarajat qilmaydi va hozirda ko‘plab operatorlar oilaviy tariflarni taklif qilishadi. Bu nafaqat foydali, balki qulaydir – oyiga bitta to‘lov va hamma aloqada bo‘ladi.
Siz uch oydan ko‘proq vaqt davomida xarajatlarni hisobga oling va pullarni nimaga sarflayotganingizni bilasiz. Oilaviy budjetingiz tarkibini tahlil qiling va nimaga kam pul sarflashingiz mumkinligi haqida o‘ylang? Aksincha, qaysi toifalar bo‘yicha xarajatlarni ko‘paytirishni xohlaysiz? Masalan, zarur bo‘lmagan hollarda taksidan foydalanishdan, ish paytida kofe sotib olishdan voz keching. Zararli odatlardan halos bo‘ling, tamaki va spirtli ichimliklar uchun sarf qiladigan pullaringizni sport bilan shug‘ullanishga yo‘naltiring. Bir oydan so‘ng, shu tarzda qancha pulni tejashga muvaffaq bo‘lganingizni tekshiring. Natija sizni hayratda qoldirishiga aminmiz.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.