Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash uchun ota-onalar farzandlariga aslidagiday ko‘rinishi kerak;
Baxt ortidan quvib, uni topgan odam burni ustida turgan ko‘zoynagini qidirib, so‘ng topib sevingan kampirga o‘xshaydi;
Baxtni ishlab chiqarmay turib iste’mol qilishga haqqimiz yo‘q;
Erkaklarni seving. Sizning sevgingiz ular uchun juda zarur. Hatto ular buni hech qachon tan olmasalar ham. Har qanday buyuk erkakning ortida unga ishongan va chinakamiga sevgan ayol bor;
Ideal erkak o‘z ayolini ideal deb hisoblovchi erkakdir;
Erkak yoki ayolning tarbiyalanganlik darajasi janjal paytida yaqqol namoyon bo‘ladi;
G‘azabga mingan har daqiqangizda baxtning oltmish soniyasini boy berasiz.
Agar bolalaringiz aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga ertaklar o‘qib bering. Agar yanada aqlliroq bo‘lishlarini xohlasangiz, undanda ko‘proq ertak o‘qib bering.
Yaqin kishingni o‘zingday yaxshi ko‘r, ikki yaqin kishingni esa o‘zingdan ham ko‘proq yaxshi ko‘r.
Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish. Ruhni rivojlantirish – fe’l-atvorini shakllantirish demakdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.