Ha kuni ertalab bir soat vaqtingizni shaxsiy rivojlanish masalalariga bag‘ishlang. Meditatsiya bilan shug‘ullaning, yangi kuningiz qanday o‘tishini tasavvur qiling, ilhom bag‘ishlovchi matnlardan o‘qing, kassetalar tinglang, yoki yaxshi kitob mutolaa qiling. Bu qisqa vaqtni yangi kuningiz uchun ruhingizni kuchquvvat va g‘ayratga to‘ldirish uchun sarflang. Haftasiga bir marotaba quyosh chiqishini kuzating yoki shunchaki tabiat bag‘rida bo‘ling. Kunning yaxshi kayfiyatda boshlanishi ruhingizning yangilanishiga va ishingizning samarador bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Har yakshanba oqshomini o‘zingiz uchun bag‘ishlang va bu odatga qat’iy amal qiling. Bu vaqtni yangi haftani rejalashtirish, orzularingiz ro‘yobini ko‘z oldingizga keltirish, yangi qo‘lyozmalar va ilhom bag‘ishlovchi kitoblar mutolaa qilish, yoqimli musiqalarni tinglash, va shunchaki dam olish uchun sarflang. Bu odat sizning butun bir haftangiz samarali, qiziqarli va foydali bo‘lishini ta’minlaydi.
Hayotingizning sifati nafaqat atrofdagilar bilan muomalangizga, balki o‘zingiz bilan muomalaga ham bog‘liq ekanini doimo yodda tuting. Nimaga e’tibor qaratsangiz shunga erishasiz. Agar ijobiy narsalar haqida mulohaza qilsangiz, natija ham shunga yarasha bo‘ladi. Bu tabiatning asosiy qoidasidir.
Natija sari emas maqsad sari intiling. Ya’ni, biror vazifani o‘zingizga yoqqani, yoki bu faoliyat kimgadir foyda keltirishi, yoki foydali mashg‘ulot ekanligi uchun bajaring. Moddiy foyda yoki obro‘ni ko‘zlab ish tutmang. Ularning o‘zi sizni qidirib keladi. Dunyo shu tamoyil bilan ishlaydi.
Birovlarni g‘iybat qilishdan va xato qilgan insonni ayblashdan o‘zingizni cheklang. Shikoyat qilishni bas qiling va o‘zingizda quvnoq, baxtli va kuchli shaxsni tarbiyalang. Bu bilan siz boshqalarga ham katta ta’sir ko‘rsatasiz.
Hayolingizga salbiy fikrlar kela boshlasa, tezda ularning o‘rnini ijobiy fikrlar bilan to‘ldiring. Chunki har doim musbat manfiydan ustun kelgan. Salbiy o‘ylar yuqumli kasallik kabidir, miyangizdan takror va takror o‘taveradi. Har qanday cheklovlardan o‘zingizni ozod qiling va faqat pozitiv fikrlashga o‘ting.
Zamonamizning buyuk fizik olimlaridan biri Stiven Hovking shunday deb fikr yuritadi: “Biz milliardlab galaktikalar orasida joylashgan, kichik yulduz hajmidagi bir sayyorada yashaymiz.” Shularning qarshisida nahot muammolarimiz shunchalik jiddiy bo‘lsa? Yer sharida juda ham qisqa umr o‘tkazamiz. Nima uchun shu oz vaqtdan unumli foydalmasligimiz kerak, o‘zimizdan yaxshi amallarni meros qilib ketmaymiz? O‘rningizni egallang va qog‘oz olib hayotingizda mavjud ne’matlar ro‘yhatini tuzing. Oilangiz yoki sog‘ligingiz haqida yozishdan boshlang.
Kamida 50 ta ma’lumot kiritmaguncha to‘xtamang. Kun-ora ushbu ro‘yhatga qarab tursangiz, kayfiyatingiz ko‘tariladi va nechog‘lik boy inson ekanligingizni anglay boshlaysiz.
Hech qachon oilangizdan tashqaridagi insonlarga sog‘ligingiz, boyligingiz va shu kabi boshqa shaxsiy masalalar haqida so‘z ochmang. Bu borada o‘ta intizomli bo‘ling.
Kechirimli bo‘lish ko‘pchilikda uchramaydigan, lekin ichki hotirjamlikni saqlash uchun zarur bo‘lgan fazilatdir. Mark Tven ushbu fazilatni, o‘zini toptab ketuvchi insonga xushbo‘y is bag‘ishlovchi binafshaga qiyoslagan. Kechirish qiyin bo‘lgan vaziyatlarda kechirimli bo‘lishni sinab ko‘ring. Agar doimo kechirimlilik mushaklarini ishlatib tursangiz, har xil mayda gaplar va voqealar sizga ta’sir qilmay qo‘yadi, va sokin ruhingizni hech narsa junbushga keltira olmaydi.
Baxtli va jo‘shqin hayotning asosiy ikki omili – me’yor va vazminlikdir. Har bir ishda muvozanatni saqlash lozim va haddan oshmaslik kerak.
Hech qachon nolimang. Atrofdagilarga o‘zingizni ijobiy, qobiliyatli, kuchli va g‘ayratli inson sifatida tanishtiring. Shuni aytish joyizki, doimo shikoyat qiluvchi va har narsadan salbiy ma’no izlovchi insonlar yaqinlarining ko‘ngliga osongina vahima soladi va natijada kamdan kam hollarda muvaffaqiyatga erisha oladi.
Psixologlar nazariyasiga ko‘ra, hodisalar doimo ikki marotaba yaratiladi: biri ongda, ikkinchisi esa voqe’likda. E’tiboringizni ijobiy fikrlarga qarating. O‘tkir aqliy fikrli bo‘lingki, sizning muvaffaqiyatgacha bo‘lgan rejalaringizni hech narsa o‘zgartira olmasin. Nima istayotganingizni tasavvur qiling va butun borlig‘ingiz bilan unga ishoning. Albatta, bu o‘ylaganingizdek o‘zingizda tez orada sodir bo‘ladi.
O‘z umr yo‘ldoshingizni tanlayotganingizda, unutmangki, bu hayot davringizdagi eng muhim qarordir. Ko‘mak, hursandchilik va baxtning 90%i oilaviy munosabatlarga bog‘liq. Demak, donolik bilan o‘z yo‘lingizni tanlang. Sadoqat, hazilkashlik, zukkolik, halollik, yetuklik, fe’l-atvor, hamnasablik (sizga har tomonlama mos kelishi) kabi sifatlarlarga va ko‘nglingizga moyil kelishiga ham e’tibor bering. Agar bu sifatlar bo‘lsa, demak, sizning munosabatlaringiz baxt qarshisida turibdi. Sekin-asta oldinga harakatlaning, lekin hech kimga sizni noqulay qaror qabul qilishga majbur etishiga yo‘l qo‘ymang.
His-tuyg‘ularning 83%i ko‘zlarimiz orqali qabul qilinar ekan. Mutloq bir narsaga e’tibor qaratish uchun ko‘zingizni yuming va shunda siz fikringizni bo‘luvchi narsalarni hayolingizdan olib tashlaysiz.
Xohish-istaklaringizning xo‘jayini bo‘ling, lekin vijdoningiz quli bo‘ling
Bugun o‘z maqsadi yo‘lida yaxshi ishlayotgan insonlar ertangi kun uchun xursandchilikni kafolatlaydilar.
Kelasi bir necha yil uchun batafsil moliyaviy reja tayyorlang va uni amalga oshishiga harakat qiling. Agar siz iqtisodiy maslahatga muhtoj bo‘lsangiz uni qidiring. Iqtisodiy mahorat uchun kuchli lekin oddiy strategiya: har oyligingizning 10%ini saqlab qo‘ying. Jamg‘armalaringizni uzoq muddatli loyihalarga investitsiya qilsangiz sizga yaxshi foyda keltiradi. Pul bilan bog‘liq ishlarda dono bo‘ling. Moliyaviy xavfsizlik shaxsiy erkinlikka boshlaydi.
Lao-Tszi shaxsning buyukligi uchun uchta asosiy sifatni qadrlaydi: “birinchisi muloyimlik, ikkinchisi tejamkorlik, uchunchisi esa kamtarlikdir. Bu xususiyatlar meni o‘zgalar oldida o‘zimni oldingi o‘ringa qo‘yishdan saqlaydi. Hushmuomala bo‘ling va siz kuchli bo‘la olasiz, tejamkor bo‘ling va siz ozod bo‘lasiz, boshqalardan o‘zingizni ustun ko‘rishdan qoching, shunda, siz ommaning yetakchisi bo‘lasiz.”
Turmush o‘rtog‘ingizning asosiy qo‘llab-quvvatlovchisi bo‘ling, orzu va maqsadlariga yetishda doimo birga bo‘ling. Birgalikda rivojlaning va ikki kishidan tashkil topgan armiyadek ishonch bilan olg‘a qadam bosing.
Sizni orqaga tortayotgan narsa bu o‘zingizni kim deb o‘ylashingiz emas, balki kim emas deb o‘ylashinigizdir.
Moddiy boylikdan ko‘ra ma’naviy baxtga ko‘proq e’tibor bering. Bu narsa o‘ylab bajarilgan harakatlar natijasida ro‘yobga chiqadi.
Baxt sirining 10 ta asosi:
Bugun kechagi kunning o‘quvchisidir” – Benjamin Franklin
Har bir fikr aqliy tasavvurning o‘sishiga turtki bo‘ladi. Aqliy tasavvur esa doimiy ruhiy odatni shakllantiradi. Odat esa xarakterga olib keladi. Fikrlaringizni boshqarsangiz, aqlingizni boshqarasiz; aqlingizni boshqarsangiz, hayotingizni boshqarasiz; hayotingizni boshqarsangiz, taqdiringizni boshqarsangiz.
Bu aloqalaringizni kuchaytirib, kamolot pillapoyalarida bir xil qadam tashlashingizga, barcha yaxshi va yomon kunlarni va holatlarni yaqin insoningiz bilan birga bosib o‘tishga sababchi bo‘ladi.Turmush o‘rtog‘ingizga ishonch bildiring
Ma’lum bir butun kunni “Men” demasdan, boshqalarga e’tiboringizni qaratgan holda o‘tqazing. Ularni tinglang va bu bilan siz ulardan ko‘pgina yangiliklarni o‘rganasiz va do‘st ham orttirasiz.
“Yoshlik vaqt bilan emas balki ongning holati bilan o‘lchanadi. Inson o‘z ideallaridan vos kechgandagini qariydi. Yuzga yillar, ko‘ngilga esa g‘ayratdan vos kechish ajin tushiradi… Siz o‘z shubhalaringiz, qo‘rquvingiz, tushkunlik va noumidligingiz tufayli qariysiz. Yosh bo‘lib qolish uchun, birinchi navbatda, e’tiqodingizni, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni va umidingizni yoshartirishingiz lozim.”
Juftingizning tabassumini qadrlang
Yoqimli hislar tuyishingiz va ilhom olishingiz uchun juftingizning tabassumini qadrlang, hamda o‘sha insonning sur’atini ish stolingiz yaqiniga o‘rnating.
To‘y kuningiz sanasi yoki ismlaringiz bosh harflari
Agar turmush qurgan bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingiz va o‘zingizning nikoh uzuklaring ichki qismiga to‘y kuningiz sanasi yoki ismlaringiz bosh harflarini o‘yib yozdiring. Bu nafaqat uzuklarning yo’qolishida yordam beradi, balki kelasi avlodlarga esdalik bo‘lib qoladi.
Manba: “Robin Sharma – 200 urokov jizni” kitobi asosida tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.