NAFAS OLISH KUCHI
Ikki kundan keyin yigitcha cherkovda o’tirar va yoga bo’yicha o’tkazilayotgan mashg’ulotlarni kuzatardi. U o’zinig ikkinchi ustozi – Viki Kroft ismli ayol bilan suhbatlashish imkonini kutardi.
Mashg’ulotlar tugagach yigit uning yoniga borib, o’zini tanishtirdi.
Ayol unga o’zi haqida gapira boshladi.
-men surunkali nafas qisish dardida azob chekardim. Og’ir va qiynalib nafas olardim, odatda, ingalyator yordamidan foydalanardim. Lekin dard brogan sari kuchayib borardi.
Bir kuni dardim yomon xurujga kirdi. Ingalyatorni qo’limga oldim-u, biroq u ishlamasdi. Uning ichi bo’sh edi. O’zimga kelib qarasam, qo’lini orqa kuragimga qo’yib turgan jikkakkina keksa xitoyni ko’rdim. Og’riq shu zahoti yo’qoldi. U yonimga kelib o’tirdi, men shok holatidan chiqqunimga qadar Salomatlik qonunlari va ular yordamida nafas qisish dardidan qanday forig’ bo’lishim to’g’risida so’zlab berdi.
-Siz dardingizdan forig’ bo’ldingizmi? – so’radi yigitcha.
Men turmush tarzimni butunlay o’zgartirdim, yeydigan ovqatimdan tortib to stress bilan kurashish usullari va shug’ullanayotgan jismoniy mashqlar xususiyatigacha barchasini boshqatdan boshladim. Asl Salomatlikning o’nta siri mavjud bo’lsa, menga nafas olish siri yaqidan yordam berdi.
Kechqurun yigit yangi yozuvlar yozdi.
Salomatlikning ikkinchi siri – hayot va o’lim orasdagi farq bizning nafasimizda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.